Dinda savolim bor. 2-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
21
Inson kasalligining kuchayishi yo tuzalishining kechikishidan qo‘rqsa, safarda bo‘lsa,
homilador yo emizikli holda o‘zi yo go‘dakka ziyon yetishidan xavf qilsa ro‘za tutmasligi
mumkin. Bu kishilar ro‘za tutishga mone’ bo‘lgan sabab ketganidan so‘ng qoldirgan
kunlarining qazosini tutib berishadi.
Qarib holdan toygan kishilar va tuzalmaydigan og‘ir bemorlar ro‘za tuta olmasalar, har
kungi ro‘za uchun ikki kilo bug‘doy yoki uning miqdorida kambag‘allarga fidya beradilar.
Bordiyu so‘ngra quvvatga kirib yoki tuzalib qolsalar, qazo tutib berishlari lozim.
Kunduzi o‘smir balog‘atga yetsa, ayol hayz va nifosdan toza bo‘lsa, kasal sog‘aysa,
musofir yurtiga (uyiga) kelsa, kishi adashib yoki qasddan taom yeb qo‘ysa, bularning
barchasi shu kun oxirigacha hech narsa yeb-ichmasligi kerak.
Ro‘za tutishni niyat qilgandan so‘ng bir necha kun behush yoki jinni bo‘lgan kishi
mazkur kasallik yetgan kundan qolgan kunlarni qazo qiladi.
Bir oy komil Ramazon sharifda jinnilik holatida bo‘lgan kishidan ro‘za soqit bo‘ladi.
Agar mazkur davrda behush bo‘lsa unga qazo lozimdir. Hayz va nifosdagi ayollar ro‘za
tutmaydilar. Toza bo‘lganlaridan so‘ng qazosini tutib beradilar. Ramazonda ro‘zador kishi
qasddan yeb-ichsa yoki jimo’ qilsa kuniga bir kundan qazosini tutib beradi va jinoyati
uchun kafforot (evaz to‘lash) vojib bo‘ladi.
Savol: Fitr sadaqasi nima va uni kimlarga berish lozim?
Javob: Fitr sadaqasi Ramazon oyida beriladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hijratning
ikkinchi yili fitr sadaqasi berishni buyurganlar. Buning qator hikmatlari bor:
1. Ramazon hayitidek ulug‘ kunda faqirlarni tilanchilik qilish iztirobidan qutqarish;
2. Barcha musulmonlar shod-xurram bo‘lgan bayram kuni faqirlarni xursandlik va
farog‘atga erishtirish;
3. Ro‘za tutib vujudini poklagan kishining molini ham poklashi;
4. Ro‘za davomida ehtimolan yo‘l qo‘yilgan ba’zi xatolarning to‘g‘rilanishi;
Fitr sadaqasi zaruriy ehtiyojlaridan ortiqcha kumush nisobi miqdoridagi mulkka ega
bo‘lgan musulmonga vojibdir. Mazkur nisob miqdoridagi mulkning ko‘payuvchi bo‘lishi
yoki oradan bir yil o‘tgan bo‘lishi shart emas.
Ramazon hayitining birinchi kuni tong otishi bilan fitr sadaqasini berish vojib bo‘ladi.
Bu vaqtdan avval vafot etgan yoki faqir bo‘lib qolgan, (tong otganidan) so‘ng musulmon
bo‘lgan, tug‘ilgan yoki badavlat bo‘lgan kishiga fitr sadaqasi vojib emas.
Fitr sadaqasini hayit kunidan avval yoki keyin berish joizdir. Hayit namoziga
chiqmasdan avval berish mustahabdir. Fitr sadaqasining berilishi vojib bo‘lgach,
mulkning yo‘qolishi fitr sadaqasini berish majburiyatini bekor qilmaydi.
To‘rt (xil) narsani fitr sadaqasi qilib berish mumkin: bug‘doy, arpa, xurmo, mayiz yoki
shuning miqdoridagi mablag‘.
Bug‘doydan, bug‘doy unidan yoki qovurilgan bug‘doy unidan yarim so’ - 1,664 kg,
arpa, xurmo va mayizdan bir so’ yoki 3,328 kg. berilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: