Dinda savolim bor. 2-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
22
4. Nisob miqdoricha boylikka ega bo‘lgan kishining vaqti kelmay turib,
bir necha
yilning yoki bir necha nisobning zakotini avvaldan berishi joizdir.
5. Zakoti beriladigan molning zakotini berish onidagi (yil to‘lgandagi) qiymati e’tiborga
olinadi.
6.O’lgan odam qoldirgan moldan zakotim berilsin, deb vasiyat qilmagan bo‘lsa, zakot
berilmaydi. Agar vasiyati bo‘lsa, qoldirgan molining uchdan biridan zakot chiqariladi.
7.Oltin, kumush va boshqa pullarning zakot
qiymatini tijorat molidan, (bug‘doyga
o‘xshash) o‘lchanadigan va tortiladigan narsalardan berish durustdir.
8. Nisob miqdorini to‘ldirish uchun tijorat mollarining, oltin, kumushning qiymatlari
hamda boshqa pullar ham bir-biriga qo‘shib hisoblanadi.
9. Oltin va kumush o‘z tarkibidagi boshqa moddalardan ko‘p bo‘lsa, sof hisoblanadi.
Agar bunday holda boshqa moddalar oltin va kumushdan ko‘p bo‘lsa
hamda tanga holida
va muomaladagi pul hisoblansa, (zakot berishda) uning qiymati e’tiborga olinadi.Agar bu
pullarning qiymati nisob miqdorida bo‘lsa, zakoti beriladi. Aks holda berilmaydi. Mazkur
sof bo‘lmagan oltin yoki kumush pullar muomalada o‘tmaydigan bo‘lsa,
hamda kishi
ularning tijorati bilan shug‘ullanishni niyat qilsa, hukmi tijorat mollari kabi bo‘ladi.
10. Kishining o‘z mulki bo‘lishiga qaramay, qo‘lida mavjud bo‘lmagan va qaytib
olishiga ko‘zi yetmagan molini (keyinchalik) qo‘lga kiritsa, o‘tib
ketgan davri uchun zakot
berishi lozim emas.
11. Nisob miqdorida puli bo‘lgan kishining yil o‘rtasida qarzdor bo‘lib qolishi, Imom
Muhammadga ko‘ra molning talofatga uchrab yo‘qolib ketishi kabidir. Imom Abu Yusufga
ko‘ra esa, bu holat yil davomida nisob miqdoridan biroz kamayish hisoblanadi. Yil oxirida
zakot berish majburiyati yo‘qolmaydi.
12. Zakot beriladigan paytda
oltin va kumushni tortib, zakotini berish to‘g‘ri bo‘ladi.
13. Har qnday moldan nisobga erishgan kishi ayni yilda tijorat, meros va boshqa yo‘l
bilan qo‘shilganini ham hisoblab zakot beradi.
14. Zakot berilishi lozim bo‘lgan mulk zakoti berilmay turib batamom zoe bo‘lsa, u
mulkning zakoti bekor bo‘ladi. Bir qismi zoe bo‘lsa, qolgan qismi nisob miqdorida bo‘lsa,
zakoti beriladi.
15. Faqirlarda qarzi bo‘lgan kishi uni olmay, zakot
niyatida qarzidan kechsa, bu zakot
o‘rniga o‘tmaydi. Zakot o‘rniga o‘tishi uchun faqirdan qarzini olib, so‘ngra
takror zakot
niyatida berishi zarur.
Dostları ilə paylaş: