Savol: Qurbonlik terisini ayrim joylarda masjidga topshirishadi Bu haqda kitoblarda yozilmagan -ku? Javob: Qurbonlik terisi sadaqa qilinadi yoki ro‘zg‘orda ishlatish uchun mesh, palos
(po‘stak), tayyorlanadi. Yoxud uzoq muddatga ishlatish uchun mo‘ljallangan qozon,
tovoq kabi buyumlarga almashtiriladi. Qurbonlik terisini masjidga topshirishda uning
imomi yoki biror xodimiga berish maqsad qilinsa, durust bo‘ladi. Aks holda sadaqa
bo‘lmaydi. Chunki sadaqa iste’molchiga beriladi. Masjid esa iste’molchi hisoblanmaydi.
Savol: Xaj mavsumida Saudiya Arabistonida hojilarga qanday qulaylik va xizmatlar tashkil etiladi? Javob: Avvalo, pojshoh Fahd ibn Abdulaziz o‘zining shaxsiy mablag‘i hisobidan
hojilarga har yili 50 mln. litr yaxna suv ulashadi. Alloh mehmonlarini tashishga 7800
atrofida avtobuslar tashkil qilingan. Shuningdek, Saudiya aholi yo‘l ulovidan ham 1000
dan ortiq avtobus xizmat qiladi. Xaj mavsumi davomida 5362 o‘rinli 22 shifoxona, 137
tibbiy markaz uzuluksiz xizmat qilib turadi. Umuman, tibbiy yordam uchun 10.000dan
ortiq xodim safarbar etilgan. Tez yordam mashinalari 428dan ortiq. Makka va boshqa
muqaddas joylarga 1048ta telefon avtomat o‘rnatilgan. Madinaning o‘zida 480ta telefon
avtomat xizmat qiladi. Haj davomida xojilarga turli kitoblar hamda Qur’on tilovati
yozilgan audio kassetalar hadya qilinadi.
Har kuni hojilarga 1,5mln. dona non, 1mln. bo‘lak muz yetkazib turiladi. Tozalikni
asrashga 23 ming kishi ajratilgan. Hojilarga 14 ming tahoratxona qurilgan.
Har yilgi haj mavsumida 30ga yaqin davlatga 500ming dona qurbonlik qo‘ylar tortiq
etiladi.
Qurbonlikni ado etishga 300 nafar mol do‘xtirlari, 6000 qassob, 3000 yordamchi,
shuningdek, hisob-kitob uchun 700 nafar bank xodimlari qatnashadi.