1-amaliy mashg`ulot boshqarish ob’ektini ta’riflash Mashg`ulot mavzusiga doir umumiy ma’lumotlar



Yüklə 200,35 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.11.2023
ölçüsü200,35 Kb.
#169178
1 (2)



1-AMALIY MASHG`ULOT 
Boshqarish ob’ektini ta’riflash 
 
1. Mashg`ulot mavzusiga doir umumiy ma’lumotlar 
Boshqaruv ob’ektini ta’riflash deganda ob’ektni hayolan uning muhitidan 
ajratib olib, boshqarish maqsadga muvofiq ravishda , chiqich hamda boshqaruvchi 
va g`alayonlantiruvchi kirishlarni belgilab olish tushuniladi. Bu masalani har 
qanday boshqarish yoki identifikatsiyalash tizimlarni qurish va hattoki muhokama 
qilishdan oldin qandaydir darajada hal qilishga to`g`ri keladi. Chiqish sifatida 
tanlangan ob’ekt uchun mumkin bo`lgan barcha chiqishlar ichidan boshqarish 
maqsadi bilan bog`lik bo`lganlari tanlab olinadi. Kirish sifatida esa, ob’ektning 
chiqish qiymatlarini belgilovchi ta’sirlar tanlab olinadi. Kirishlar, bevosita 
o`zgartirish mumkin yoki mumkin emasligiga qarab, boshqaruvchi va 
g`alayonlantirunchilarga ajratiladi. Bu masalaning yechilish natijalariga asoslanib 
modellashtirishning analitik (nazariy) yoki eksperimental (tajribaviy) usuli 
tanlanishi mumkin. Eksperimental usul tanlangan holda aktiv yoki passiv tajriba 
o`tkazish lozimligi haqida biror qarorga kelinadi. 
2. Topshiriq 
Hayot, turmush, ishlab chiqarish va hokazolarda uchraydigan boshqarish 
ob’ekti tanlansin. Boshqarish maqsadi belgilansin. Boshqarish ob’ektning chiqishi 
ta’riflansin. Boshqaruvchi va g`alayonlantiruvchi kirish ta’sirlari aniqlansin. 
3. Misol 
Boshqarish ob’ekti – b’ef. Boshqarish maqsadi – b’efdagi suv satxini 
belgilangan qiymat atrofida ushlab turish. Ob’ektning chiqishi – satx, uning o`lchov 
birligi [m]. Ob’ektning boshqaruvchi kirishlari: 
1) b’efga kiritilayotgan suv hajmi; 2) b’efdan chiqarib yuborilayotgan suv 
hajmi. G’alayonlantiruvchi kirishlar: 1) b’efdan bo`g`lanib ketayotgan suv hajmi 
(f1); 2) b’efga yuqori b’efdan yer osti yo`llari orqali (masalan filtratsiya tufayli) kirib 
kelayotgan suv hajmi (f2); 3) b’efdan pastki b’efga yer osti yo`llari orqali chiqib 
kelayotgan suv hajmi (f3); 4) nazoratsiz b’efga kiritilayotgan suv hajmi (f4); 5) 
nazoratsiz b’efdan oqizib chiqarilayotgan suv hajmi (f5); 6) yomg`irgarchilik tufayli 
b’efga kelib tushayotgan suv hajmi (f6). Barsha kirish ta’sirlarning o`lcham birliklari 
[m
3
/S]. Boshqarish ob’ektining shartli chizmasi rasmda keltirilgan. 
f
1
f
2
f
3
f
4
f
5
f
6
u

u
2
B`ef 
y


B’efni boshqarish ob’ekti sifatida ifodalovchi chizma 
4. Nazorat savollari 
1) Boshqaruv ob’ekt chiqishlarining tanlangan tarkibini asoslab bering. 
2) Boshqaruvchi kirishlarning tarkibini asoslab bering. 
3) G’alayonlantiruvchi kirishlarning tarkibini asoslab bering. 
4) Boshqarish maqsadi o`zgarsa chiqish va kirishlarning tarkiblari o`zgarishi 
mumkinmi? 

Yüklə 200,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin