7
Modulning maqsadi va vazifalari
Modulning maqsadi: ta’lim-tarbiya jarayonining
samaradorligini oshirish
uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni muntazam
yangilash, Axborot resurs markazi (kutubxona)
rahbar va xodimlariga
quyilgan malaka talablari asosida ularning kasbiy kompetentligini
rivojlantirishdan iborat.
Modulning vazifalari:
- tinglovchilarda shaxslararo munosabatlarni o‘rnatishda nutq madaniyati
va notiqlik san’ati bo‘yicha tushunchalarini
takomillashtirish;
- tinglovchilarda muloqot madaniyati va kutubxonachi faoliyatida
notiqlik san’atiini o‘rganish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish;
- tinglovchilarga shaxsning muloqotga kirishuvchanligi bo‘yicha
malakalarini rivojlantirish.
Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va
kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar
Tinglovchi:
1. -ta’lim
psixologiyasi haqida;
-tarbiya psixologiyasi haqida;
-yosh davrlari psixologiyasi, bola ruhiy rivojlanishining yosh
xususiyatlari, yosh senzitivliklari haqida;
-bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni va
uning psixologik komponentlari;
-ta’lim va taraqqiyot jarayonining psixologik xususiyatlarini, ta’lim
jarayoni samaradorligini ta’minlovchi omillar va ulardan unumli
foydalanish yo‘llarini;
-pedagogik hamkorlik psixologiyasi haqida;
-o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini faollashtirish psixologik usullarini;
-tarbiya jarayonining psixologik qonuniyatlari va
bu sohadagi muammolar,
izlanishlar, yangilik va yutuqlar haqida;
- o‘quvchi-tarbiyalanuvchilar guruhlaridagi shaxslararo munosabat-larning
xususiyatlari hamda jamoadagi psixologik iqlim va uni yaxshilash
yo‘llari haqida.
2.
Quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:
8
-jamoa a’zolarining shaxs hususiyatlarini
va emotsional holat-larini
hisobga olgan holda, ular bilan samarali muloqot qilish;
-nizoli vaziyatlarda o‘zini boshqara olish;
-empatiya, identifikatsiya, refleksiya
kabi muloqot mexanizmlarini
egallash;
3.
Quyidagi malakalarni egallagan bo‘lishi shart:
-pedagogik faoliyatida psixologik ta’minlovchi ijobiy o‘quv motivlarini
vujudga keltirish;
-o‘qituvchilarga xos bo‘lgan kasbiy sifatlar va maxsus qobiliyatlarni
o‘zlashtirish,
-ta’lim muassasasining ijtimoiy
muhitini muvofiqlashtirish, ijtimoiy
moslashmaslik va zo‘riqishlarning bartaraf etish,
4.
Quyidagi kompetensiyalarni egallagan bo‘lishi shart:
O‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z ustida ishlash kompetentligi ko‘rsatkichlari:
Dostları ilə paylaş: