218
Jismoniy yoki yuridik shaxs operator yoki provayder bilan shartnoma
tuzishdan oldin operator yoki provayderdan quyidagi axborotlarni olishga
haqli:
taqdim etiladigan asosiy va qoʻshimcha xizmatlar roʻyxati;
taqdim etiladigan xizmatlar narxi, tariflar;
aloqani va abonentning ma’lumotlar uzatish tarmogʻidan foydalana
olishni tashkil qilish usullari;
ulanish va xizmat koʻrsatish tartibi;
xizmatlarni taqdim etish qoidalari;
kafolatlangan xizmat koʻrsatish
darajasi, sifat darajasi, operator,
provayder
serverida
abonent
axborotining
himoyalanganligini
ta’minlashning kafolatlangan darajasi va boshqa ma’lumotlarni.
Quyidagilar foydalanuvchining majburiyatlari hisoblanadi:
ma’lumotlar uzatish tarmogʻidan davlat siri boʻlgan ma’lumotlarni
yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni uzatish uchun foydalanishga
yoʻl qoʻymaslik;
ma’lumotlar uzatish tarmogʻi orqali Oʻzbekiston Respublikasining
mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan
oʻzgartirishga da’vat etishga, urush, zoʻravonlik
va terrorizmni,
shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini
targʻib qilishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi,
shuningdek pornografiyani targʻib qilishga qaratilgan axborotni va
tarqatilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa axborotni
tarqatmaslik;
ma’lumotlar uzatish tarmogʻi yordamida fuqarolarning sha’ni va
qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi,
ularning
shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻyuvchi axborotni tarqatmaslik;
qonun hujjatlariga asosan ma’lumotlar uzatish tarmogʻi orqali
tarqatilishi taqiqlangan axborotlardan tijorat yoki notijorat maqsadlarda
tarqatish uchun foydalanmaslik;
ma’lumotlar uzatish tarmogʻidan foydalana olish atributlarini boshqa
shaxslarga bermaslik (koʻpaytirmaslik);
tarkibida kompyuter viruslari yoki tarmoq uchun zarar yetkazishi
mumkin boʻlgan axborotni yoki dasturiy ta’minotni e’lon
qilmaslik yoki
uzatmaslik;
219
kompyuter axborotidan, ya’ni axborot-hisoblash tizimlari, tarmoqlari
va ularning tarkibiy qismlaridagi axborotlardan qonunga xilof ravishda
(ruxsatsiz) foydalanmaslik;
ma’lumotlar uzatish tarmogʻida taqdim etilgan axborot va
intellektual mulk obyekti uchun mualliflik huquqlarini buzmaslik.
Foydalanuvchiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar
ham yuklatilishi mumkin.
Quyidagilar abonentning majburiyatlari hisoblanadi:
operator yoki provayder bilan tuzilgan shartnoma shartlariga rioya
qilish;
taqdim etilgan xizmatlar uchun toʻlovni
shartnomada belgilangan
muddatlarda amalga oshirish;
operator yoki provayderni oʻzining oxirgi (terminal) uskunasi,
tarmogʻi va dasturiy ta’minotidagi barcha nosozliklar yoki oʻzgarishlar
toʻgʻrisida xabardor qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki
lozim darajada bajarilmaganligi yoxud boshqa noqonuniy xatti-harakatlar
oqibatida operator yoki provayderga yetkazilgan zararni qoplash;
telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish uchun GSM, IP yoki
SMS-shlyuzlar yoki shunga oʻxshash apparat-dasturiy vositalardan
foydalanish niyati boʻlganda, bu haqda
operator yoki provayderni
ogohlantirish;
ma’lumotlar uzatish tarmogʻidan xalqaro va shaharlararo trafikni
noqonuniy oʻtkazish maqsadida foydalanmaslik, shu jumladan GSM va IP-
shlyuzlar orqali.
Abonentga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham
yuklatilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: