O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


-rasm. Qurilmalar soniga nisbatan traffik taqsimoti prognozi



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

 
1.19-rasm. Qurilmalar soniga nisbatan traffik taqsimoti prognozi 
34
 
IoT raqamli ma’lumotlarning nisbatan kichik paketlarini almashishni 
talab qiladi va shuning uchun qurilmalar sonining tez oʻsishiga qaramay, 
ularning trafikdagi oʻrni sezilarli darajada oshmaydi. 
Bu 
kichik 
biznes 
uchun 
shuni 
koʻrsatadiki, 
smartfonlar 
imkoniyatlarini kengaytiradigan, shaxsiy kompyuter va Internet TV ning 
ba’zi funktsiyalarini oʻziga olishga imkon beradigan dasturiy ilovalarni 
ishlab chiqish eng istiqbolli bozor segmentlaridan biriga aylanadi. Ularni 
ishlab chiqish, muvaffaqiyatli milliy dasturlarni xalqaro bozorga 
translyatsiya qilish kichik va oʻrta biznesni davlat tomonidan qoʻllab-
quvvatlashning istiqbolli va moliyaviy jihatdan samarali, iqtisodiy 
yoʻnalishi hisoblanadi
35

Soʻnggi yillarda ma’lumotlar uzatishning portlovchi oʻsishi, bu 5G 
ulanishining joriy etilishi bilan sezilarli darajada tezlashib, yangi avlod 
texnologiyalariga oʻtishda tarmoqlarni modernizatsiya qilish zaruriyati, 
boshqa tomondan biznes operatorlarining ishbilarmonlik marjalarini 
kamayishi esa soha va tartibga soluvchi organlar uchun tobora murakkab 
muammolarni keltirib chiqarmoqda. 
34
https://www.cisco.com/
35
http://
xn--80aplem.xn--p1ai/analytics/Trendy-cifrovizacii-rost-raznoobrazia-ustrojstv/


76 
AKT infratuzilmasining rivojlanishini ta’minlash qobiliyati va shu 
bilan birga undan foydalanishning barcha sohalarida samaradorlikni 
oshirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratish hal qiluvchi ahamiyatga ega. 
Bundan tashqari, yangi texnologiyalar, xizmatlar va ilovalardan 
foydalanish natijasida kelib chiqadigan barcha yangi muammolar va 
talablarni hisobga olgan holda axborot xavfsizligi va ma’lumotlarning 
maxfiylik siyosatini ishlab chiqish va qayta koʻrib chiqish talab etiladi. 
Tartibga soluvchi organlar uchun oʻtkazilgan 17-chi global 
simpoziumning koʻrsatmasiga koʻra, milliy xususiyatlar bilan birga, 
boshqa mamlakatlarning ilgʻor tajribalari bilimlarni kengaytiradi va 
tartibga solishni takomillashtirish yoʻllarini koʻrsatib beradi. Hujjat milliy 
regulyatorlarni uchta toifaga boʻlingan oʻnlab dolzarb sohalarda tartibga 
solish va amaliyotini kuchaytirishga hamda yanada takomillashtirishga 
doir qoidalarni nazarda tutadi. Har bir toifa boʻyicha ayrimyoʻnalishlarni 
koʻrib oʻtamiz. 
I. E’tirof etilgan amaliyotlar asosida raqamli xizmatlardan arzon 
foydalanish uchun me’yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash. Raqamli 
xizmatlarning arzonligi koʻplab omillarga bogʻliqligini hisobga olib, yangi 
raqamli bozorlar uchun amaldagi me’yoriy paradigmalarni qayta koʻrib 
chiqish: 

keng 
polosali 
va 
AKT, 
IP-protokolga 
asoslangan 
texnologiyalarni mavjudligini ta’minlash boʻyicha milliy raqamli siyosat, 
strategiya va rejalarni qabul qilish va ulardan foydalanish; 

yakuniy foydalanuvchilar uchun tarmoqqa ulanish va raqamli 
xizmatlarni taqdim etishda sogʻlom raqobatni rivojlantirish; statsionar va 
mobil tarmoqlarda raqamlar koʻchirilishini ta’minlash; 

optik tolali milliy magistrallarning keng tarqalishini targʻib 
qilish va agar kerak boʻlsa, ularni simsiz va sun’iy yoʻldosh aloqalari bilan 
toʻldirish; 

trafik almashish punktlari, shuningdek milliy va xalqaro 
darajada kontent tarqatish tarmoqlarini yaratishni ragʻbatlantirish; bozorga 
kirish uchun barcha darajadagi toʻsiqlarni bartaraf etish va ochiq tarmoqqa 
kirish va infratuzilmani birgalikda ishlatish uchun imtiyozlarni joriy etish; 

turli shakldagi infratuzilmani joylashtirishni osonlashtirish; 
infratuzilmaga ulanish va ulashish uchun dominant operatorlarga oʻz 


77 
tarmoqlariga ulgurji va teng huquqli kirishni ta’minlash boʻyicha talablarni 
ishlab chiqish; ratsional yondashuvlar asosida statsionar va mobil 
tarmoqlarga ulanish uchun monitoring va stavkalarni belgilash; 

davlat 
tashkilotlari 
va 
mahalliy 
jamoalar 
tarmogʻini 
kengaytirish uchun kompleks kirish strategiyalari, xizmatlari va 
moliyalashtirish mexanizmlaridan foydalanish va yakuniy foydalanuvchi 
toifalari uchun subsidiyalar kabi talabni ragʻbatlantirish choralarini koʻrish. 
II. Raqamli xizmatlarning keng yoyilishini ragʻbatlantiruvchi tizimni 
kelgusidagi koʻlamini kengaytirish. Hukumatlar va tartibga soluvchi 
organlar raqamli xizmatlarning arzonligi va ulardan foydalanishni 
ta’minlash uchun harakat qilishlari va quyidagi siyosat hamda qoidalarni 
targʻib qilishlari kerak: 

yuqori tezlikdagi keng polosali tarmoqlarga sarmoya kiritishni 
tartibga solish va investisiya siyosatini ragʻbatlantirish; 

qoʻshma 
investisiyalarni 
ragʻbatlantirish, 
infratuzilmaga 
joylashish, shu jumladan undan sheriklikdagi va milliy rouming 
kelishuvlari asosida foydalanish, hamda xarajatlarni kamaytirish va 
narxlarni pasaytirish uchun boshqa tarmoqlar va xizmatlar bilan hamkorlik 
qilish; 

raqobat raqamli xizmatlarning arzonligini ta’minlamagan 
taqdirda mutanosib va shaffof tariflarni tartibga solish; 

operatorlarning tariflarni pasaytirishga undaydigan soliq, fiskal 
va boshqa imtiyozlarni joriy etish, shu jumladan infratuzilma uchun AKT 
uskunalari, 
shuningdek? 
terminallar 
va 
yakuniy 
foydalanuvchi 
qurilmalarini bojxona toʻlovlaridan ozod qilish; 

bozorga kirish hamda onlayn xizmat va dasturiy ilova 
ta’minotchilarining ishlashini osonlashtirish; bulutli xizmat koʻrsatuvchi 
provayderlar uchun keng polosali infratuzilmani rivojlantirish, tarmoq 
xavfsizligi va ma’lumotlar maxfiyligini qoʻllab-quvvatlash orqali qulay 
muhit yaratish; 

xarajatlarni 
kamaytirish 
va 
bulutli 
boshqaruvni 
takomillashtirish uchun hukumatga qarashli ma’lumotlarni qayta ishlash 
markazlarini birlashtirish strategiyasini ishlab chiqish va ularni 
rivojlantirishni investisiyalash; 


78 

etkazib beruvchilar va xizmatlarni tanlash va sifatni baholashga 
imkon beradigan tartibga solish mexanizmlarini yaratish. 
III. Beshinchi avlodni ragʻbatlantirish. Rasmiy yoki norasmiy 
hamkorlikning oʻziga xos mexanizmlarini amalga oshirish uchun boshqa 
tarmoqlarning regulyatorlari bilan aloqalarni oʻrnatish: 

elektron tijorat va moliya, elektron hukumat va boshqalar kabi 
tarmoqlararo xizmatlarning rivojlanishiga koʻmaklashish; 

tartibga solishdagi muammolarni oʻrganish va prognoz qilish 
hamda 
raqamli 
infratuzilma, 
iqtisodiyot 
va 
jamiyatda 
yangi 
texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan siyosatni ishlab chiqishda 
akademik tashkilotlar bilan bilan hamkorlik qilish; 

yangi xizmatlarni ragʻbatlantirish boʻyicha innovatsion 
choralarni koʻrish, shuningdek mahalliy jamoatchilikka mos keladigan va 
mahalliy urf-odatlarni saqlaydigan dasturlar va ilovalar yaratish; 

barcha raqamli koʻnikmalarni egallashga koʻmaklashish, 
raqamli iqtisodiyot va jamiyatda yangi texnologiyalarning afzalliklarini 
targʻib qilish. 
Shuningdek, texnik reglamentning oʻrni va ahamiyatini, global 
texnologik yutuqlar bilan hamqadam boʻlgan milliy kontseptsiyalar va 
standartlarni ishlab chiqishning ahamiyatini ta’kidlash lozim. Busiz yagona 
milliy tarmoq tarkibida uskunalar va tarmoqlarning oʻzaro ishlashini 
hamda uning infratuzilma funktsiyalarini bajarilishini ta’minlash mumkin 
emas. 
2015 yilda BMT Bosh assambleyasining 70 yillik yubileyida “2030 
yilga qadar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish toʻgʻrisida”gi 
Nizom qabul qilingan, unda iqtisodiy farovonlik, ijtimoiy integrasiya va 
ekologik barqarorlikni 17 ta maqsad mavjud. Maxsus rezolyutsiyada (BMT 
BA 70/184) ta’kidlanishicha, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
keng qamrovli va adolatli iqtisodiy oʻsishni va barqaror rivojlanishni 
faollashtirish, raqobatbardoshlikni oshirish, axborot va bilimga ega boʻlish 
imkoniyatlarini 
oshirish, 
qashshoqlikni 
yoʻq 
qilish 
va 
ijtimoiy 
tabaqalanishni engishga yordam beradi. Konferentsiya yakunida qator 
vazifalar belgilab olingan, jumladan: 

Zamonaviy va xavfsiz AKT infratuzilmasini yaratish nuqtai 
nazaridan – infratuzilma va xizmatlarning rivojlanishiga koʻmaklashish, 


79 
AKTdan foydalanishda ishonchni mustahkamlash va xavfsizligini 
ta’minlash. 

Qulay muhit nuqtai nazaridan – AKTning barqaror rivojlanishi 
uchun qulay siyosat va tartibga soluvchi muhitni yaratish. 

Ochiq raqamli jamiyat nuqtai nazaridan – barqaror rivojlanish 
uchun insonlar va jamiyat imkoniyatlarini kuchaytirish maqsadida AKT va 
dasturlarni rivojlantirish va ulardan foydalanishga koʻmaklashish
36

Raqamli rivojlanishga erishish uchun juda muhimdir. Raqamlashish 
mamlakatlarning deyarli barcha iqtisodiy va ijtimoiy tarmoqlar va 
manfaatdor tomonlar maqsadlariga ta’sir qiladi. Hozir dunyoda Internetga 
ulanishi sust boʻlgan davlatlar va raqamlashtirish darajasi yuqori boʻlgan 
mamlakatlar oʻrtasida katta tafovut kuzatilmoqda. Jumladan, kam 
rivojlangan mamlakatlarda har besh kishidan bittasi Internetdan 
foydalanadi, rivojlangan mamlakatlarda esa har besh kishidan toʻrttasi 
Internetga ulanish imkoniga ega. Bu raqamli tengsizlikning yaqqol 
isbotidir. Boshqa sohalarda, masalan raqamli ma’lumotlar va ilgʻor 
texnologiyalar boʻyicha ushbu tafovut juda katta. Masalan, Afrika va Lotin 
Amerikasida dunyodagi barcha ijara ma’lumot markazlarining yigʻindisi 
5% kamroq. Daromadlarni taqsimlashdagi tengsizlik boʻyicha zarur 
choralar qabul qilinmasa, bu faqat tafovut yanada oʻsishiga olib keladi. 
Ba’zi global raqamli platformalar ma’lum darajada juda kuchli bozor 
pozitsiyalariga ega boʻlishdi. Masalan, Internet uchun qidiruv tizimining 
qariyb 90 foizi Google tomonidan zabt etilgan, Facebook dunyoning 
uchdan ikki qismi ijtimoiy media bozorini egallagan va mamlakatlardagi 
ijtimoiy tarmoqlar ichida uning platformasi eng ommabop deb hisoblanadi, 
90% dan ortiq. Global onlayn chakana savdoning qariyb 40 foizi Amazon 
tarmogʻi va uning filiallariga toʻgʻri keladi. Amazon veb-xizmatlari global 
bulutli infratuzilma sohasidagi xizmatlar bozorining hissasiga deyarli teng. 
Bir vaqtning oʻzida raqamli texnologik taraqqiyot juda katta boylikni 
keltirib 
chiqardi. 
Shu 
bilan 
birga 
shaxslar, 
kompaniyalar 
va 
mamlakatlarning kichik bir guruhi oʻrtasida joriy siyosatni saqlashda va 
mavjud qoidalarga koʻra, ushbu tendentsiya davom etishi mumkin, ammo 
bu tengsizlikning yanada kuchayishiga olib keladi.
36
https://www.iksmedia.ru/articles/5458966-Mirovye-trendy-v-regulirovanii-IKT.html


80 
Har yili Forbes jurnalining sharhlovchisi Daniel Nyuman yaqin 
kelajak uchu eng muhim raqamli trendlar bashoratini beradi. 
Texnologiyalar va raqamli transformatsiyalar boʻyicha dolzarb tadqiqotlar 
unga «biz qaerga harakatlanyapmiz?», «biz nima uchun aynan oʻsha yerga 
boryapmiz?» «qanday kutilmagan hodisalarga toʻqnash kelamiz?» kabi 
savollarga aniqroq javob berishga yordam beradi. 2019 yilgi asosiy 
trendlar oldin yilgi tendentsiyalarga asoslanadi. Ammo, albatta, bir nechta 
qoʻshimchalar mavjud. Aytish mumkinki, ushbu oʻnta gʻoyalar oʻz 
bizneslarini rivojlantirmoqchi boʻlgan tashkilotlar uchun kompas boʻlib 
xizmat qiladi. Yodda tutish kerakki, texnologiyaning oʻzi raqamli 
konversiyaga teng kelmaydi. Barcha investitsiyalarning markazida 
biznesning uzluksizligi bilan birga mijoz, muhit va ishchilar turadi. 
Demak, g]oyalar oʻnligida mobil 5G tarmoqlari yetakchilik qilmoqda. 
Endilikda nihoyat 5G dan keng foydalanish boshlanadigan nuqtada 
turibmiz. Agar texnologiya yangiliklarini kuzatib boradigan boʻlsak, tez 
orada Qualcomm, Intel, Nokia, Ericsson, Samsung va Huawei kabi 
kompaniyalar bilan doimiy va sinovli tajribalar olib borilmoqda. 5G ni 
shaharlarda ham, qishloq joylarda ham rivojlantiradigan Mimosa Networks 
kabi yangi kompaniyalar paydo boʻlmoqda. Bu 5G uyali aloqa operatorlari 
doirasini kengaytirishga yoʻl ochadi va smartfonlar foydalanuvchilari 
yangi, yanada sifatli, tezkor va innovatsion xizmatlardan foydalanadilar. 
Bu 5G va mobil qurilmalar uchun ayni muddao. 2018 yil 5G individual 
ilova dasturlari ishlab chiqilgan yil boʻldi. 2019-2020 yillarda 5G 
texnologiyalari mobil qurilmalarining imkoniyatlarini misli koʻrilmagan 
darajada oshirdi. Top-10da keyingi oʻrinlarni chatbotlar (NLP – tabiiy tilga 
ishlov berish); bogʻlangan bulutlar (ommaviy, shaxsiy, gibrid); 
blockcheyn; tahlil qilish, mashinali oʻqish va sun’iy ong uchun 
ma’lumotlar; ma’lumotni himoya qilishning umumiy qoidalari (GDPR); 
VR va AR; Internet buyumlar (IoT)
37
kabilar egallaydi. 
Chatbotdan foydalanayotgan yoki 2019 yil oxiriga qadar joriy qilgan 
yirik korxonalarning ulushi 40 foizga etdi.
37
 
http://www.ntik.ru/press-center/forbes-top-10-trendov-tsifrovoj-transformatsii-na-2019-god/
 


81 
Bogʻlangan bulutlar kompaniyalarning bulutli saqlashni, tarmoqli 
bogʻlanishni, xavfsizlikni ta’minlash yoki ilova dasturlarini xohlashidan 
qat’iy nazar, ularning oʻzgaruvchan ehtiyojlarini qondirish uchun 
rivojlanishda davom etmoqda. Amazon va Alibaba kabi yirik bulutli 
hisoblash provayderlari oʻzlarining shaxsiy bulutlarini taklif qilishadi (yoki 
Google misolida, konteynerlar). 2017 yilda Cloud Technology Partnersni 
IT xizmatlari bilan birga sotib olgan ikkala Microsoft Azure va HPE 
hamda CloudHealth Technologies-ni sotib olgan VMware kompaniyalari 
oʻzlarining e’tiborlarini bogʻlangan bulutlarga qaratishgan. 
Blokcheynni ommaviy ravishda amalga oshirishning yagona yoʻli 
har kim foydalanishi va tushunishi mumkin boʻlgan plug-and-play 
versiyasini 
yaratishdir. 
IBMning 
kalibrli 
etakchi 
texnologiya 
kompaniyalari kriptovalyuta bozoridan tashqaridagi dasturlarda ham 
blockcheynning yuqori imkoniyatlari haqida bong urishmoqda. Moliya 
sohasi, ayniqsa tovarlarni tashish va xizmatlarni taqdim etish uchun 
ilovalarni sinchkovlik bilan kuzatmoqda. Koʻplab zamonaviy ishlab 
chiqaruvchilar 2019 yilda blockcheynni rivojlantirishda davom etdi. 
Ammo uning haqiqiy qudratiga amin boʻlish uchun yana ikki yoki uch yil 
kerak. 
Ma’lumotlar – mahsulotlar, xizmatlar, xodimlar, strategiyalar va 
boshqalar toʻgʻrisida toʻgʻri qaror qabul qiladigan kompaniyalar uchun 
kalitdir. Microsoft, SAP yoki SAS kabi bir qator ma’lumotlarni biznes-
analitik axborotga aylantiradigan yetakchi kompaniyalarni bilamiz.
Mashinali oʻqishni tezlashtiradigan hisoblash quvvatining ortishi 
bilan raqamli liderlar mashinali oʻqish va sun’iy intellekt orqali 
ma’lumotlarni yaratishga investisiya kiritadilar. 2020 yilda samaradorlik 
koʻrsatkichining 1% dan 3-4% gacha ortishi kuzatiladi – bu biroz 
koʻtarilish kabi koʻrinsada, ammo aslida ma’lumotlardan foydalanishning 
ommaviy oʻsishiga aylanadi. 
2018 yilda kompaniyalarning qariyb uchdan bir qismi foydalanuvchi 
toʻgʻrisidagi ma’lumotlarini koʻp qirrali himoya qilishga qaratilgan GDPR 
(Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi umumiy reglament)ga 
rioya qilmadi. AQShning mingga yaqin yangiliklar saytlariga Evropada 
kirish mavjud emas/ Sababi asosan ma’lumotlarning xavfsizligi GDPR 
talablariga javob bera olmaydi. 


82 
Xolding kompaniyalar maxfiylik va shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan 
javobgarligi sababli GDPR yanada global tendentsiyani keltirib chiqaradi. 
Virtual reallik (VR) juda ajoyib, ammo oʻyinlar va ixtisoslashtirilgan 
ilova dasturlar joriy bozor sigʻimiga mos kelmaydi. Shu bilan birga, 
kengaytirilgan reallik (AR) 2019 yilning eng yaxshi raqamli 
transformatsiyalar tendentsiyasini boshqarishda davom etdi. 
2018 yildagi top-oʻntalikka kirgan dastlabki toʻrtta tendentsiya 
asosan Internet of Things, toʻldirilgan reallik , mashinali oʻqish va simsiz 
ma’lumotlarni uzatish texnologiyalari Edge bilan bogʻliq. 2018 yilda 
mazkur toʻrtlik yaxlit boʻldi, chunki bu texnologiyalar oʻzaro bir-biri bilan 
chambarchas bogʻliq. Buyumlar Interneti rivojlanib borgan sari va ulangan 
qurilmalar soni ortgani sayin, IoT-dan foydalanib olingan ma’lumotlar 
bilan ishlash uchun koʻproq joy va ulanishlar kerakligi aniq boʻldi. Agar 
ma’lumotlarni bulutda qayta ishlashga toʻgri boʻlsa, «aqlli shaharlar» va 
avtonom transport vositalari toʻgʻrisidagi gʻoyalarni amalga oshirib 
boʻlmaydi. Bu esa Edge dan foydalanishga koʻproq e’tibor qaratishni 
anglatadi. Bugungi kunda real vaqt rejimida ma’lumotlarni qayta ishlashni 
faqatgina ushbu texnologiya yordamida amalga oshirish mumkin. 
Bozorda qancha koʻp takliflar mavjud boʻlsa, kompaniyalar uchun 
IT-xizmatlarini tanlashda shunchalik murakkabliklar paydo boʻladi. 
Bunday yondashuv kengayish imkoniyati, eng yangi texnologiyalar, 
xaridlar siklining qisqarishi va manevrning kuchayishiga olib keladi. 
Kompaniyalar ushbu ish uslubiga moyil boʻlishi juda muhim va 2019 yilda 
yaqqol koʻzga tashlandi. 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin