O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

D.
 
korxonaning resurslarini boshqarish uchun
 


68 

§
 Jahondagi raqamli trendlar 
 
Reja: 
1.
Globallashuv sharoitida raqamli tengsizlik. 
2.
Raqamli texnalogiyalar bozorining tizimi va rivojlanish 
tendensiyalari. 
3.
Internet iqtisodiyot. 
4.
AQSH, Yevropa Ittifoqiga kiruvchi mamlakatlardagi raqamli 
iqtisodiyot indikatorlari. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng yoyilishi va 
tarmoqlarning 
global 
oʻzaro bogʻliqligi insoniyat taraqqiyotini 
jadallashtirish, raqamli tengsizlikni bartaraf etish va bilimlashgan jamiyat 
barpo etish hamda barqaror rivojlanish uchun ulkan imkoniyatlar eshigini 
ochadi. 
AKT sohasidagi tartibga solish siyosati zamonaviy sharoitlardan 
kelib chiqqan holda milliy raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilishga, 
raqobat, investisiya va innovatsiyalarni ragʻbatlantirishga qaratilgan 
me’yoriy-huquqiy bazaga asoslangan boʻlishi kerak. 
Yuqori rivojlanish sur’atlari, infokommunikatsiyalardagi texnologik 
oʻzgarishlar, foydalanuvchilar sonining misli koʻrilmagan darajada ortib 
borishi, iqtisodiyotni raqamlashtirish, davlat boshqaruvi va ijtimoiy sohani 
rivojlantirish, toʻrtinchi texnologik ukladga oʻtish mamlakatlarning 


69 
barqaror rivojlanishi, fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash uchun ushbu 
sohada maqsadli yoʻnaltirilgan siyosatni talab qiladi.
Xalqaro elektraloqa ittifoqining ma’lumotlariga koʻra, dunyodagi 
aksariyat mamlakatlar oʻz siyosatini Milliy keng polosali rejasi (National 
Broadband Plan, NBP) orqali amalga oshirmoqda. Hozirda dunyoning 156 
mamlakatida bunday rejalar mavjud, ya’ni, jami davlatlar soniga nisbatan 
80%. Ularning aksariyati yangi shart-sharoitlarga muvofiq keladigan 
strategiyasini va NBPni qayta koʻrib chiqmoqdalar. 
Jumladan, Xitoy uch yilga (2016–2018 yy.) moʻljallangan axborot-
kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishiga investitsiyalar boʻyicha harakat 
rejasini qabul qilgan. Loyihaning umumiy miqdori 174,35 milliard dollarni 
tashkil etib, asosiy yoʻnalishlari zamonaviy yuqori tezlikdagi optik tolali 
tarmoqlarni, mobil keng polosali kirish tarmoqlarini, global tarmoq 
ob’ektlarini va ilovalarni rivojlantirishdir. 
Buyuk Britaniyada Digital Britain rejasi amalga oshirilgan, bu 
mamlakatning barcha aholisini keng polosali ulanish bilan ta’minladi va 
keyinroq 
«5G strategiyasi» chop etilgan. GFRda Germaniyani 
raqamlashtirish boʻyicha yangi dastur amalga oshirilmoqda. Hindiston 
hukumati 
tomonidan 
hind 
operatorlari 
uchun 
yangi 
avlod 
texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar ishlab chiqilgan. 
2008 yilda Rossiya Federasiyasi ham Axborot jamiyatini 
rivojlantirish boʻyicha strategiyasini qabul qilgan. Strategiyaning asosiy 
vazifalaridan 
biri 
«zamonaviy 
axborot–telekommunikatsiya 
infratuzilmasini shakllantirish» deb nomlanadi. Buning uchun Rossiya 
Federatsiyasi hududi boʻylab davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan 
foydalangan holda, keng polosali ulanishni ta’minlash mamlakatning 
yagona axborot (raqamli) makonini, shu jumladan milliy xavfsizlik 
maqsadlarida shakllantirish koʻzda tutilgan edi. Biroq, bu vazifa 
bajarilmadi. 
Uni amalga oshirish uchun asos boʻlgan – ishonchli zamonaviy 
funktsional birlashtirilgan milliy telekommunikatsiya tarmogʻi zarur, lekin 
u hali toʻliq shakllanmagan. 2017 yil iyulida tasdiqlangan «Rossiya 
Federatsiyasining raqamli iqtisodiyoti» dasturi (2024 yilgacha), yangidan 


70 
(2030 yilgacha), avvalgisiga oʻxshash strategiya qabul qilindi, biroq ularda 
yagona tarmoqni yaratish koʻzda tutilmagan
30


Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin