65
oʻzgarishlariga mos kelmaydi va oʻz navbatida aholi keng qatlami va
tadbirkorlik subyektlari uchun elektron tijoratdan foydalanish imkonini
ta’minlamaydi;
ikkinchidan, mahalliy tadbirkorlik subyektlariga tashqi bozorlarda
toʻliq raqobatlashish, shuningdek, xarajatlarni optimallashtirish imkonini
bermayotgan elektron tijorat orqali tovarlar (xizmatlar)ni eksport
qilishning eskirgan byurokratik toʻsiqlari saqlanib qolmoqda;
uchinchidan,
elektron
tijoratni
rivojlantirishga
yoʻnaltirilgan
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayoni
lozim darajada yoʻlga qoʻyilmagan, bu esa iqtisodiyotni raqamlashtirish va
tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining toʻxtab turishiga olib kelmoqda;
toʻrtinchidan, mahalliy toʻlov tizimlarining mashhur xorijiy
analoglari
bilan
integratsiyasi
yoʻqligi,
mamlakat
tadbirkorlik
subyektlarining elektron tijorat sohasidagi yetakchi xorijiy tashkilotlar
bilan toʻliq xalqaro hamkorlikda ishlashlariga, shuningdek, mahalliy
bozorning eksport salohiyati va raqobatbardoshligiga ta’sir qilmoqda;
beshinchidan, elektron tijorat imkoniyatlari va afzalliklarini,
jumladan, tovarlar (xizmatlar) uchun, ayniqsa, joylarda naqd pulsiz hisob-
kitoblarni ommalashtirish darajasi pastligicha qolmoqda, bu esa xufyona
iqtisodiyot hajmining oshishiga va davlat budjetiga soliq tushumlarining
kamayishiga olib kelmoqda;
oltinchidan, amaldagi soliqqa tortish tizimi elektron tijorat sohasidagi
tadbirkorlik subyektlari, jumladan, axborot vositachilari faoliyatini
kengaytirishni ragʻbatlantirmaydi, bu esa Internet tarmogʻi orqali
mahsulotlarni xufyona ayirboshlash hajmi oshishiga olib kelmoqda,
shuningdek, ushbu sohaga investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni
jalb qilishni cheklamoqda.
Dostları ilə paylaş: