186
virtualizatsiya
xavfsizlik
PaaS masshtabliligi ilova tomonidan xizmat koʻrsatiladigan
foydalanuvchilar
soniga qarab, zarur resurslarni avtomatik ravishda
taqsimlashni va ozod qilishni oʻz ichiga oladi.
Xizmat sifatida xavfsizlik (SaaS).
Saas – dasturni oxirgi foydalanuvchilarga talab boʻyicha xizmat
sifatida taqdim etishni oʻz ichiga oladigan dasturni tarqatish modelidir.
Bunday dasturga kirish tarmoq orqali va koʻpincha Internet-brauzer orqali
amalga oshiriladi. Bunday holda, SaaS modelining mijoz uchun asosiy
afzalligi – ishlaydigan dasturiy ta’minotni oʻrnatish,
yangilash va xizmat
koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarning yoʻqligidadir.
SaaS modelida:
ilova masofadan foydalanish uchun moslangan;
bir nechta mijoz bitta dasturdan foydalanishi mumkin;
xizmat uchun toʻlov har oylik obuna sifatida yoki
tranzaktsiyalarning umumiy miqdoridan kelib chiqib olinadi;
dasturni qoʻllab-quvvatlash toʻlovga kiritilgan;
dastur xodimlarga, mijozlarga muammosiz va oshkora
yangilanishi mumkin.
Dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchilar nuqtai nazaridan, SaaS
modeli mijozga dasturiy ta’minotni saqlash, nusxalash va oʻrnatish
imkoniyatiga ega emasligi sababli dasturiy ta’minotdan
litsenziyasiz
foydalanish bilan samarali kurashishga imkon beradi. Aslida, SaaS dasturiy
ta’minoti ichki axborot tizimlariga yanada qulay va tejamkor muqobil
sifatida qaralishi mumkin.
Security-as-a
service
xizmat
turi
foydalanuvchilarga
veb-
texnologiyalardan, elektron pochtalardan, mahalliy tarmoqlardan xavfsiz
foydalanishga imkon beradigan mahsulotlarni tezda joylashtirishga imkon
beradi, bu esa ushbu xizmat foydalanuvchilariga oʻzlarining xavfsizlik
tizimlarini joylashtirish va saqlashni tejashga imkon beradi.
SaaS xizmati ma’lumotlarni tashqi muhitda, “bulut”da saqlashga
imkon beradi. Bunga misol Google Drive va boshqa shunga oʻxshash
xizmatlarni keltirish mumkin.
187
Bulut xizmatlarining har uch modeli bir-biri bilan bogʻlangan va
birlashtirilgan tuzilmani anglatadi.
DaaS
(“ma’lumotlar bazasi xizmat sifatida”) koʻproq ma’murlar
uchun moʻljallangan, chunki bu ma’lumotlar bazalari bilan ishlash
imkoniyatini beradi, ma’lumotlar bazasi mahalliy manbaga oʻrnatilgan
boʻladi. Bundan
tashqari, loyihalarni turli xil ijrochilar oʻrtasida
“boʻlishish” osonroq boʻladi, katta yoki oʻrta
tashkilotlarda MB
ma’lumotlaridan vakolatli foydalanish uchun zarur boʻlgan kompyuter
uskunalari va litsenziyalar katta pul mablagʻlarini tejash mumkin.
Axborot-xizmat (Information-as-a-Service)
Bu har bir daqiqada yoki hatto har soniyada oʻzgarishi mumkin
boʻlgan har qanday ma’lumotni masofadan turib ishlatishga imkon beradi.
Jarayonni xizmat sifatida boshqarish (Process-as-a-Service)
Bu bitta biznes jarayonini yaratish uchun bir nechta manbalarni
(masalan, bitta bulut yoki boshqa mavjud bulutlar tarkibidagi xizmatlar
yoki ma’lumotlar) bir-biriga bogʻlaydigan masofaviy resurs hisoblanadi.
Dastur sifatida xizmat (Application-as-a-Service)
Bundan tashqari, u Software-as-a-Service (“dastur sifatida xizmat”)
deb nomlangan hamda uzoq serverlarda oʻrnatilgan “talab boʻyicha dastur”
sifatida joylashtirilgan. Har bir foydalanuvchi unga Internet orqali kirish
huquqiga ega va ushbu dastur uchun barcha yangilanishlar va litsenziyalar
ushbu xizmat provayderi tomonidan tartibga solinadi. Bunda toʻlov, undan
amalda foydalanish uchun amalga oshiriladi. Google Docs, Google
Calendar va boshqalardagi onlayn dasturlar misol boʻla oladi.
Ma’muriyat va boshqarish xizmat sifatida
(
Menejment/Governace-
as-a-Service
)
Bir yoki bir nechta “bulut” xizmatlarining parametrlarini boshqarish
va sozlash imkonini beradi.
Bular asosan topologiya, resurslardan
foydalanish, virtualizatsiya kabi parametrlar kiradi.
Infratuzilma xizmat sifatida (Infrastructure-as-a-service)
Foydalanuvchi kompyuter infratuzilmasi, odatda tarmoqqa ulangan
virtual platformalar (kompyuterlar) bilan ta’minlanadi, uni oʻzi mustaqil
ravishda sozlaydi.
Sinov xizmat sifatida
(Test-as-a-service)
188
Mahalliy yoki “bulutli” tizimlarni “bulut”
dan sinov dasturidan
foydalangan holda sinab koʻrish imkoniyatini beradi (korxonada hech
qanday apparat yoki dasturiy ta’minot talab qilinmaydi).
Xizmatlarni taqdim etishning turli usullariga qoʻshimcha ravishda,
bulutli tizimlarni joylashtirishning bir nechta turlari mavjud:
Dostları ilə paylaş: