O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/190
tarix28.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#169227
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   190
Iqtisodiyot nazariyasi

Xizmat sifatida platforma (PaaS) 
PaaS – bu veb-ilovalarni xizmat sifatida ishlab chiqish, sinovdan 
oʻtkazish, joylashtirish va qoʻllab-quvvatlash uchun oʻrnatilgan 
platformani taqdim etishdir. Veb-ilovalarni oʻrnatish uchun ishlab 
chiqaruvchidan apparat va dasturiy ta’minot sotib olish, ularni tashkil 
qilishni qoʻllab-quvvatlash talab etilmaydi. Mijoz uchun kirish kod asosida 
tashkil qilinishi mumkin. 
Ushbu yondashuv quyidagi afzalliklarga ega: 

kengayish qobiliyati 

xatolarga bardoshlilik; 


186 

virtualizatsiya 

xavfsizlik 
PaaS masshtabliligi ilova tomonidan xizmat koʻrsatiladigan 
foydalanuvchilar soniga qarab, zarur resurslarni avtomatik ravishda 
taqsimlashni va ozod qilishni oʻz ichiga oladi. 
Xizmat sifatida xavfsizlik (SaaS). 
Saas – dasturni oxirgi foydalanuvchilarga talab boʻyicha xizmat 
sifatida taqdim etishni oʻz ichiga oladigan dasturni tarqatish modelidir. 
Bunday dasturga kirish tarmoq orqali va koʻpincha Internet-brauzer orqali 
amalga oshiriladi. Bunday holda, SaaS modelining mijoz uchun asosiy 
afzalligi – ishlaydigan dasturiy ta’minotni oʻrnatish, yangilash va xizmat 
koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarning yoʻqligidadir.
SaaS modelida: 

ilova masofadan foydalanish uchun moslangan; 

bir nechta mijoz bitta dasturdan foydalanishi mumkin; 

xizmat uchun toʻlov har oylik obuna sifatida yoki 
tranzaktsiyalarning umumiy miqdoridan kelib chiqib olinadi; 

dasturni qoʻllab-quvvatlash toʻlovga kiritilgan; 

dastur xodimlarga, mijozlarga muammosiz va oshkora 
yangilanishi mumkin. 
Dasturiy ta’minotni ishlab chiquvchilar nuqtai nazaridan, SaaS 
modeli mijozga dasturiy ta’minotni saqlash, nusxalash va oʻrnatish 
imkoniyatiga ega emasligi sababli dasturiy ta’minotdan litsenziyasiz 
foydalanish bilan samarali kurashishga imkon beradi. Aslida, SaaS dasturiy 
ta’minoti ichki axborot tizimlariga yanada qulay va tejamkor muqobil 
sifatida qaralishi mumkin. 
Security-as-a 
service 
xizmat 
turi 
foydalanuvchilarga 
veb-
texnologiyalardan, elektron pochtalardan, mahalliy tarmoqlardan xavfsiz 
foydalanishga imkon beradigan mahsulotlarni tezda joylashtirishga imkon 
beradi, bu esa ushbu xizmat foydalanuvchilariga oʻzlarining xavfsizlik 
tizimlarini joylashtirish va saqlashni tejashga imkon beradi. 
SaaS xizmati ma’lumotlarni tashqi muhitda, “bulut”da saqlashga 
imkon beradi. Bunga misol Google Drive va boshqa shunga oʻxshash 
xizmatlarni keltirish mumkin. 


187 
Bulut xizmatlarining har uch modeli bir-biri bilan bogʻlangan va 
birlashtirilgan tuzilmani anglatadi. 
DaaS
(“ma’lumotlar bazasi xizmat sifatida”) koʻproq ma’murlar 
uchun moʻljallangan, chunki bu ma’lumotlar bazalari bilan ishlash 
imkoniyatini beradi, ma’lumotlar bazasi mahalliy manbaga oʻrnatilgan 
boʻladi. Bundan tashqari, loyihalarni turli xil ijrochilar oʻrtasida 
“boʻlishish” osonroq boʻladi, katta yoki oʻrta tashkilotlarda MB 
ma’lumotlaridan vakolatli foydalanish uchun zarur boʻlgan kompyuter 
uskunalari va litsenziyalar katta pul mablagʻlarini tejash mumkin.
Axborot-xizmat (Information-as-a-Service) 
Bu har bir daqiqada yoki hatto har soniyada oʻzgarishi mumkin 
boʻlgan har qanday ma’lumotni masofadan turib ishlatishga imkon beradi. 
Jarayonni xizmat sifatida boshqarish (Process-as-a-Service) 
Bu bitta biznes jarayonini yaratish uchun bir nechta manbalarni 
(masalan, bitta bulut yoki boshqa mavjud bulutlar tarkibidagi xizmatlar 
yoki ma’lumotlar) bir-biriga bogʻlaydigan masofaviy resurs hisoblanadi. 
Dastur sifatida xizmat (Application-as-a-Service) 
Bundan tashqari, u Software-as-a-Service (“dastur sifatida xizmat”) 
deb nomlangan hamda uzoq serverlarda oʻrnatilgan “talab boʻyicha dastur” 
sifatida joylashtirilgan. Har bir foydalanuvchi unga Internet orqali kirish 
huquqiga ega va ushbu dastur uchun barcha yangilanishlar va litsenziyalar 
ushbu xizmat provayderi tomonidan tartibga solinadi. Bunda toʻlov, undan 
amalda foydalanish uchun amalga oshiriladi. Google Docs, Google 
Calendar va boshqalardagi onlayn dasturlar misol boʻla oladi. 
Ma’muriyat va boshqarish xizmat sifatida
(
Menejment/Governace-
as-a-Service

Bir yoki bir nechta “bulut” xizmatlarining parametrlarini boshqarish 
va sozlash imkonini beradi. Bular asosan topologiya, resurslardan 
foydalanish, virtualizatsiya kabi parametrlar kiradi. 
Infratuzilma xizmat sifatida (Infrastructure-as-a-service)
Foydalanuvchi kompyuter infratuzilmasi, odatda tarmoqqa ulangan 
virtual platformalar (kompyuterlar) bilan ta’minlanadi, uni oʻzi mustaqil 
ravishda sozlaydi. 
Sinov xizmat sifatida
(Test-as-a-service) 


188 
Mahalliy yoki “bulutli” tizimlarni “bulut” dan sinov dasturidan 
foydalangan holda sinab koʻrish imkoniyatini beradi (korxonada hech 
qanday apparat yoki dasturiy ta’minot talab qilinmaydi). 
Xizmatlarni taqdim etishning turli usullariga qoʻshimcha ravishda, 
bulutli tizimlarni joylashtirishning bir nechta turlari mavjud: 

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin