175
4.2.
QAROR QABUL QILISH USULLARI VA TASNIFI
Qaror qabul qilish usullari quyidagicha sinflarga ajratiladi:
- qaror qabul qilishdagi vaziyat bo‘yicha;
- qaror qabul qilishdagi mavjud axborotning hajmi va xususiyati bo‘yicha;
- qaror qabul qilishda foydaliniladigan vositalar bo‘yicha.
1. Qaror qabul qilishdagi vaziyat bo‟yicha
qarorlar standart va nostandart bo‘lishi
mumkin. Standart qarorlar
tez-tez takrorlanib turadigan ishlab chiqarish vaziyatlarda
qo‟llaniladi.
Ular qonunlar, standartlar,
qoidalar, me‘yorlar va amaldagi hujjatlarda
hamda tashkilotlar va mutaxassislar tajribalarida mujassamlashgan bo‘ladi.
Muhandis-texnika xizmati barcha qarorlarning 80-85 foizi takrorlanadigan ishlab
chiqarish vaziyatlariga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda qaror quyidagi sxema bo‘yicha
qabul qilinadi
:
ishlab chiqarishdagi vaziyatni tahlil qilish - uni standartlardan biri
bilan moslashtirish - standartlar yoki uning qoidalari bo‘yicha qaror qabul qilish.
Standart qoidalardan foydalanish natijasida,
birinchidan
, qaror qabul qilish vaqti,
mos tadbirlar ishlab chiqish va amalga
joriy qilish muddati kisqaradi;
ikkinchidan,
xato qarorlarni qabul qilish ehtimolligi kamayadi;
uchinchidan
, mutaxassisda
nostandart, yangi yoki murakkab ishlab chiqarish vaziyatlarida qaror qabul qilishga
vaqti ko‘payadi, chunki bunday hollar axborot yig‘ishni, tahlil qilishni va
operatsiyalarni tadqiq etish tushunchasiga birlashadigan matematik hamda iqtisodiy-
matematik usullarini talab qiladi [21, 88 b].
Boshqaruv jarayonida, oldindan ma‘lum bo‘lmagan yangi sharoitlarda qaror qabul
qilishda bajariladigan ishlar kompleksi ―operatsiyalarni tadqiq qilish‖
degan
tushunchaga birlashadi.
Operatsiya
- tizimning maqsadiga erishish uchun yo‘naltirilgan aniq harakat.
Bunday operatsiyalarga tizimning samaradorligini oshirish uchun o‘tkaziladigan
alohida tadbirlar hamda tizim oldida turgan maqsadga erishishga taalluqli bo‘lgan
murakkab dasturlar kiradi
.
Har bir operatsiya (tadbir, dastur) o‘zining samaradorligi
bilan ya‘ni salmog‘i bilan baholanadi. Umumiy holda samaradorlik ko‘rsatkichi yoki
maqsad funksiyasi
uch guruh omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
176
)
k
3
2
1
m
3
2
1
n
3
2
1
(
U
MF
z
...
z
,
z
,
z
;
x
...
x
,
x
,
x
;
a
...
a
,
a
,
a
III
II
I
(4.1)
Birinchi guruh omillar (a
1
...a
n
)
oldindan mavjud bo‘lib, operatsiyalarni bajarish
sharoitlarini tavsiflaydi va ular operatsiyani bajarish davomida o‘zgarmaydi.
Muayyan ATK uchun bu - parkning ishonchliligiga ta‘sir qiluvchi korxona
joylashgan hududning iqlim sharoitlari; avtomobillarning ishonchliligi; ish
unumdorligiga ta‘sir qiluvchi xizmat ko‘rsatiladigan hududning yo‘l sharoitlari;
korxonaning ishlab chiqarish texnika bazasi bilan ta`minlanganligidir.
Ikkinchi guruh omillar
(x
1
...x
m
)
qaror elementlari deb ham ataladi va boshqaruv
paytida maqsad funksiyasiga ta‘sir qilgan holda o‘zgarishi mumkin.
Bular texnik
xizmat ko‘rsatish va joriy ta`mirlash sifati, xodimlarning malakasi, mexanizatsiya
darajasi va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Uchinchi guruh omillar
- oldindan ma‘lum bo‘lmagan sharoitlar
(z
1
...z
k
)
bo‘lib,
ularning samaradorlikka ta‘siri noma‘lum yoki etarlicha o‘rganilmagan. Masalan,
ertangi kun uchun ob-havo sharoiti; kelgusi smena davomida ta`mirda turish,
xodimlar va postlarning yuklanishini aniqlovchi joriy ta`mirlashga bo‘lgan talablar
soni; haydovchining avtomobil harakat xavfsizligiga va ekspluatatsion ishonchliligiga
ta‘sir qiluvchi psixofiziologik holati.
Ratsional boshqaruvda maqsad funksiyasining qiymati
yaxshilanadi optimal
boshqaruvda esa maqsad funksiyasining qiymati ekstimumga (minimal yoki
maksimal) erishadi.
2.
Mavjud axborotning hajmi va tavsifi bo‟yicha qarorlar
: aniq sharoitlarida,
qaltis sharoitlarda va noaniq sharoitlarida qabul qilinadigan turlarga bo‘linadi (4.1-
jadval).
4.1-jadval
Qaror qabul qilish sharoitlarining tasnifi
Qaror qabul qilish
sharoitlari
Maqsad funksiyasida omillarning holati
I, a
n
II, x
m
III, z
k
Aniq
Ma‘lum
Aniqlash zarur
Mavjud emas
yoki ma‘lum
Qaltis
Ma‘lum
Aniqlash zarur
Ehtimolligi
177
ma‘lum
Noaniq
Ma‘lum
Aniqlash zarur
Ehtimolligi
noma‘lum
Aniqlik sharoitlarda "muhitning" holati ma‘lum, ya‘ni uchunchi guruh omillari
ta‘sir qilmaydi yoki doimiy deb qabul qilinishi mumkin. Bunda standart vaziyatlar
uchun maqsad funksiyasi har bir aniq holatda ko‘rilmaydi, qaror esa ishlab chiqilgan
qoidalarga mos holda quyidagicha hal qilinadi. Berilgan
sharoitlarda maqsad
funksiyasining ekstremal qiymatlarini ta`minlovchi qarorlar elementlari aniqlanadi.
Aniqlik sharoitlarda maqsad funksiyasining optimal qiymatlari grafik yoki analitik
yo‘l bilan olinadi.
Qachonki uchta guruh omillari ham ta‘sir qilganda qaror qabul qilish (qarorni
tanlash) masalasi quyidagicha hal qilinadi: berilgan sharoitlarda noma‘lum
omillarning ta‘sirini hisobga olgan holda maqsad funksiyasining ekstremal qiymatini
olish imkonini beruvchi qaror elementlarini topish talab qilinadi.
Agar "muhitning" (uchinichi guruh omillarning) u yoki bu holatining yuzaga
kelishi ehtimolligi aniqlangan yoki baholangan bo‘lsa, qaror qaltis sharoitlarda qabul
qilinadi.
Agar "muhit" holatning ehtimolligi noma‘lum bo‘lsa bunda masala noaniqlik
sharoitlarda hal qilinadi.
3.
Qaror qabul qilishda qo‟llaniladigan vositalarga bog‟liq holda quyidagilar:
algoritmik yondashuv (qonunlar, qoidalar, me‘yorlar);
mutaxassislar jamoasining
fikrlari (ekspertiza); analitik ifodalanadigan jarayonlar uchun hisob-analitik usullar
(funksiyani maksimum va minimumga tadqiq qilinadi, dasturlash, umumiy xizmat
nazariyasi va boshqalar);
jarayonlarni modellashtirish; aslini kuzatuv yoki tajriba
o‘tkazishdan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: