8
tizimlarini ham o‗zida qamrab oladi. Umumiy qilib aytganda, bu tizim
buxgalteriya
texnologiyasi emas, balki ko‗proq boshqaruv texnologiyasidir.
Yevropada qo‗llaniladigan kontrolling tizimiga asosan boshqaruv hisobi
korxona faoliyati ustidan nazorat qilish maqsadida tashkil qilingan kengaytirilgan
hisob tizimidir.
Bugunga kelib boshqaruv hisobi mamlakatimiz korxonalarining iqtisodiyot,
moliya va boshqaruvi amaliyotida muhim o‗rin egallay boshladi. Shunga qaramay,
haligacha boshqaruv hisobi mavzusi mamlakatimizdagi boshqaruv nazariyasi va
amaliyotida eng ko‗p bahs-munozaralarga sabab bo‗layotgan mavzulardan biri
bo‗lib qolmoqda. Amaliyotda ba'zi bir korxonalargina
boshqaruv maqcadlari
uchun buxgalteriya hisobini tashkil qilmoqda, qolganlari esa moliyaviy hisob
ma'lumotlarini analitik qismi bilan chegaralanmoqda.
Eng asosiysi shu kungacha boshqaruv hisobining ta'rifi, predmeti, ob'ektlari
va metodi bo‗yicha yagona bir fikrga kelinmagan. Buning asosiy sababi uni
yangilik ekanligi va tadqiqotchilar tomonidan boshqaruv hisobini buxgalteriya
hisobining umumiy tizimidagi o‗rni masalasida
hozirgacha yagona fikrga
kelinmaganligidadir.
Undan tashqari, me'yoriy hujjatlarda boshqaruv hisobini ta'rifi keltirilmagan.
Bu to‗g‗ri albatta, chunki boshqaruv hisobini tashkil etish har bir korxonaning
mustaqil ishidir. Shu sababdan davlat korxonalariga boshqaruv hisobini yuritishni
majbur qila olmaydi va uni yuritishni yagona qoidalarini o‗rnata olmaydi. Bu ham
ma'lum bir darajada mazkur bahs-munozaralar davom etayotganligiga sabab
bo‗lmoqda.
Iqtisodiy adabiyotlarda keltirilayotgan ta'riflar esa bir-biridan tubdan farq
qilmoqda. Bunday ta'riflar xilma-xil bo‗lib, ularda boshqaruv hisobi haqiqiy
tannarxni hisobga olish va kal'kulyasiyalash, moliyaviy
natijalarni hisobga olish,
tahlil qilish,
rejalashtirish, nazoratga olish tizimi va hatto biznesni boshqarish
tizimi sifatida aks ettirilmoqda.
Tahlillar hozirgi kunda mamlakatimizda «boshqaruv hisobi» tushunchasi
bo‗yicha ikkita asosiy yondashuv mavjudligini ko‗rsatmoqda. Birinchi yondashuv
9
G‗arb hisob amaliyotidagi yondashuvga mos keladi. Unga ko‗ra, buxgalteriya
hisobi moliyaviy va boshqaruv hisobi kabi quyi tizimlarning o‗zaro
birlashmasi
sifatida qaraladi.
Ikkinchi yondashuvga ko‗ra, buxgalteriya hisobi–avvalo moliyaviy hisobdir,
boshqaruv hisobi esa ichki firma boshqaruv tizimini anglatib, o‗z ichiga nafaqat
bizning tushunchadagi hisob masalalarini, balki tahlil qilish, rejalashtirish,
prognozlashtirish, nazorat qilish, modellashtirishni ham oladi.
Moliyaviy va boshqaruv hisoblariga bunday turlicha qaralishiga ko‗plab
mutaxassislarni sobiq Sovet buxgalteriya maktabi ta'sirida yetishib chiqqanligi ham
sabab bo‗lgan. Undan tashqari, Sobiq ittifoqning hisob amaliyotida zamonaviy
boshqaruv hisobining funksiyalari qisman buxgalteriya hisobi va boshqa
mutaxassisliklarga tegishli bo‗lganligini nazardan chetda qoldirmasligimiz lozim.
Soha olimlarining tadqiqotlariga e'tibor qaratadigan bo‗lsak,
tadqiqotchi
S.Bulgakovaning fikriga ko‗ra, iqtisodiy adabiyotlarda «boshqaruv hisobi» ta'rifi
bo‗yicha turli qarashlar mavjud (1-jadval).
Dostları ilə paylaş: