Pedagogs international research journal



Yüklə 325,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/175
tarix28.11.2023
ölçüsü325,88 Kb.
#169379
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   175
102-74-PB


PEDAGOGS

 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 
Volume-27, Issue-1, February - 2023
 
118
har bir bo’limida bilimlarni o’zlashtirish va mustahkamlashda beqiyos rol o’ynaydi. 
Masalan, tinglab tushunish ko’nikmasini shakllantirishni kompyuter, player,CD 
disklarsiz amalga oshirish imkonsiz. Tinglab tushunish til o’rganishning eng muhim 
qismlaridan biridir. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida so’zlovchining talaffuzi, 
grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor 
berishi talab qilinadi. Bugungi globallashuv jarayonida internet hayotimizning har bir 
jabhasini qamrab olgan. Yosh avlod orasida ijtimoiy tarmoqlardan, turli saytlardan chet 
tillarini o’rganishda oqilona foydalanishni yo’lga qo’yish dolzarb masalaga aylanib 
ulgurdi. Ayniqsainternet orqali chet tilida so’zlashuvshilar bilan muloqot qilish 
imkoniyatidan foydalanib, gapirish ko
’nikmasini rivojlantirish,e
-mail orqali xat 
yozishish bilan yozish mashqini takomillashtirish mumkin. 
O‘quvchilar bilim, 
ko‘nikma va malakalarida ijobiy natijaga erishish borasida har bir dars jarayonida vaqt 
taqsimoti, pedagog va talaba faoliyatini to‘g‘r
i tashkil qilish muhim omil hisoblanadi. 
Ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribalardan foydalanib darslarda yangi innovatsion
metodlarni qo‘llashda chet tili fani o‘qituvchisi o‘tilayotgan mavzular va ularning 
mazmuni o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va psix
ologiyasiga mos kelishi, fanlararo 
bog‘likligi hamda izchilligiga e’tibor qaratishi lozim.
Xorijiy til fanlarini o‘qitishda “Communicative Language Teaching”(CLT), 
“Case
-
study”, “Self
-
assessment” kabi innovativ metodlar o‘quvchilarning og‘zaki 
nutqini o‘stirishda, jamoa bo‘lib ishlashida va o‘z
-
o‘zini baholashda keng 
qo‘llanilayotgan metodlar jumlasiga kiradi. Ammo bulardan farqli o‘laroq “Ijodiy 
jamoa” metodi nafaqat og‘zaki nutqni o‘stirish va hamkorlikda ishlash, balki ijodkorlik 
hamda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini ham shakllantirishda ham kattaahamiyat kasb 
etadi. Ushbu metodning “Case
-
study” metodidan farqi shundaki, har bir ijodiy jamoa 
kichik taqdimoti orqali boshqa jamoalarni faollashtiruvchi biron ijodiy topshiriq 
o‘ylab topib bajartirishidir. O‘quvchilar ¾ qatnashchidan iborat alohida “Ijodiy 
jamoa” guruhlarga bo‘linadi va har biri o‘z jamoa a’zolari bilan biron bir qiziqarli 
faoliyatni amalga oshiradilar: Misol uchun “Watching TV –
is it good?” mavzusida 
ushbu metoddan foydalanish jarayonida 
har bir ijodiy jamoa o‘zlari boshlovchi 
sifatida, qolgan jamoa vakillarini ishtirokchilar sifatida qatnashtirib, kichik “studiya” 
tashkil qilishgan holda biron qiziqarli o‘yin, topishmoq yoki krosswordlardan 
foydalanib, shou o‘tkazib berishlari mumkin bo‘ladi. Aniqroq qilib aytganda, ushbu 
metod ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1. Sinfdan tashqari ish. Bu jarayonda 
o‘quvchilar darsdan tashqari vaqtda o‘qituvchi yordamida berilgan mavzu yuzasidan 
5-7 daqiqalik ijodiy topshiriqlar tayyorlaydilar. 
2. Jamo
a bo‘lib ishlash. Bu jarayon dars davomida amalga oshiriladi.
Amaliyotda 7-
sinf ingliz tili fanidan “Homereading: Kevin’s holidays” mavzusiga 
oid ijodiy jamoalar faoliyatlarini misol tariqasida keltiramiz. 
Metod: Ijodiy jamoa - Creative Team Method. 



Yüklə 325,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin