“ PEDAGOGS ” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-27, Issue-1, February - 2023 144 tayyorgarlik testlari hamda jismoniy rivojlanishning antropometrik ko`rsatkichlarini
o`lchashga oid adabiyotlar tahlil qilinib tadqiqot modeli yaratildi.Tanlashning uch
tomoni: mezoni, uslubiyati va tashkil etilishi farqlanadi.Shaxsning tanlash vaqtida
o’lchanadigan yoki tekshiriladigan sifatlari va hislatlari mezon deyiladi. Masalan,
sportchi harakatining tezligi futbolda tanlashning muhim mezonidir.Oz navbatida
mezon uch turga: qobilyat nishonalari, istedod va qobilyatga bolinadi.Qobilyat
nishonalari bu tug’ma va hayotning dastlabki yillarida egallangan anatomic va
fizialogik hususiyatlaridir. Masalan, gavdaning, ayniqsa mushak yoki yurak qon-tomir
tizimin
ing bazi nisbatlari futboldagi bo’lajak muvaffaqiyatlar uchun qobilyat
nishonalari bo’lib hizmat qilishi mumkin.Istedod shaxsning sifat va hislatlari
kompleksidan iborat bo’lib, sportda katta yoki kichik muvaffaqiyatlarga erishish
imkoniyati shunga bog’liq
dir. Tanlashda istedod asosiy mezon hisoblanadi. Texnika
va taktika mahorati emas, balki mahoratni muvaffaqiyatli egallab olishni
ta’minlaydigan sifatlar istedod tushunchasiga kiradi. Bu sifatlar harakat harakterida (
masalan, harakterlar tezligi yoki koordinatsiyasi) yoki intelektual tarzda (masalan, tez
fikr yurutish) bo’lishi mumkin.Qobilyat istadoddan farqli o’laroq, harakat va
operatsiyalar usullaridan, ya’ni ko’nikma va malakalardan iborat bo’ladi. Biroq
qobilyatning asosini ko’nikma va malakalar tashkil etmaydi, balki bu ko’nikmalarni
yo’lga solib turuvchi jarayonlar tashkil etildi. Futbolga yangi kelganlarda uncha
qobilyat bo’lmaydi. Shug’ullanuvchilar asosiy texnik
-taktik usliblarni egallab,
muayyan tayyorgarlik bosqichiga yetganliklaridagina, ularning qobilyatini baholash
mumkin. Yuqori mahoratli jamoaga o’yinchilar qabul qilinar ekan, asosiy mason qilib
aynan sportchining qobilyati olinadi.Mezonlarni o’lchash uchun qo’llanadigan usul
yoki moslamalar uslubiyatlar deyiladi. Tanlash amaliyotida ekspert uslubiyati,
apparaturali uslubiyat va tastli uslubiyatlardan foydalaniladi.Ekspert uslubiyatlar
mutahhasislarning (murabbiyning o’zi ham mutahhasis bo’lishi mumkin) bo’lajak
o’yinchining istedod darajasi haqidagi funksiyalariga asoslangan bo’ladi. Agar
k
o’pchilik mutahhasislarda shunday fikr bo’lsa, uning ishonchliligi ancha yuqori
bo’ladi.Apparaturali uslubiyatlar baholarning aniqligi bilan afzallikka ega. Biroq bu
baholarga qarab istedodlilik darajasi haqida umumiy ta’surot hosil qilib bo’lmaydi.
Ayrim
sifatlar hali istedodni harakterlamaydi. Ular birlashishi va o’ziga hos birikishda
namoyon bo’lishi kerak.Turli sifatlarni birikib kelishini hisobga olib tuziladigan testlar
(sinov) tanlashning eng samarali uslublaridir. Ko’rsatkichlarning bilvositaligiga
qaramay, testlar bir qator muhim afzallikka ega. Bu afzalliklarning asosiysi
–
futbol
o’yiniga istedodlilikning test modelini yaratishning mumkinligidir.Uslubiyatlardan
maqsadga muvofiqroq foydalanishga qaratolgan tadbirlar kompleksi tanlashning
tashkil etilishi deb ataladi.