Pedagogs international research journal



Yüklə 325,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/175
tarix28.11.2023
ölçüsü325,88 Kb.
#169379
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   175
102-74-PB


PEDAGOGS

 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 
Volume-27, Issue-1, February - 2023
 
96
Faollik shaxsning o’z maqsadi yo’lida, shijoat, tashabbuskorlik bilan faoliyat 
ko’rsatishga shayligini ifodalaydi. Shaxs faollik ko’rsatishi uchun ma’lum 
bilim, 
malaka va ko’nikma, mahorat va tajribaga ega bo’lishi hamda o’zgaruvchan iqtisodiy 
vaziyat va jarayonlarda yuqori samara bilan mehnat qilishi lozim bo’ladi. Faollik 
tufayli shaxs ishlab chiqarish jarayonlarida yuzaga keladigan muammolarni hal 
qilish
ning samarali vosita, usul va yo’llarini izlab topish hamda qo’llash orqali ijobiy 
natijalarga erishadi. Kishilarning mehnat, tadbirkorlik faolligini oshirish uchun ularni 
unumli faol mehnatga undovchi motivatsiyani shakllantirish lozim bo’ladi.
Motivatsiya shaxsiy, guruhiy va jamoatchilik maqsadlariga erishish uchun inson 
xulqiga ta’sir ko’rsatishdir. Motivatsiya shakllari va usullarini tanlashda insonlarning 
harakatlariga asos bo’luvchi sababni inobatga olish zarur. Mazkur omillar sifatida 
ijtimoiy muhit, 
rag’batlar yoki barqaror ehtiyoj va manfaatlar maydonga chiqadi. 
Ehtiyoj shaxsning yashashi va o’zini o’zi saqlashi uchun zarur bo’ladigan vosita vas 
hart-
sharoitlarni yaratish to’g’risida g’amxo’rlik qilishi, yashash muhiti bilan barqaror 
muvozanatni sa
qlashga intilishidir. Ehtiyojlar pog’onasini amerikalik olim A.Maslou 
muvaffaqiyatli tarzda ishlab chiqqan: 

odamlarning oziq-ovqat, kiyim-bosh, uy-
joy, dam olish va hokazolarga bo’lgan 
ehtiyojlari; 

ekzistensial ehtiyojlar-ertangi kunga ishonch, hayot faoliyatining barqaror shart-
sharoitlari, mehnat sohasida esa- 
kafolatlangan ish bilan bandlik, sug’urtalanish va h.k.;

jamoaga mansublikni his qilish, boshqalar to’g’risida g’amxo’rlik qilish bilan 
birgalikda, o’ziga e’tibor berilishiga va hamkorlikdagi mehnat faoliyatida ishtirok 
etishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyojlar;

qadr-
qimmatning e’tirof qilinishi, xizmat sohasida lavozim oshishi, jamiyatda 
maqomi, nufuzi ortishiga, tan olinishi va munosib baholanishiga bo’lgan eh
tiyoj; 

shaxsiy, ma’naviy ehtiyojlar o’zining ijod orqali faollashuvi, o’zini namoyon 
qila olishida ifodalanadi. 
Maslou ehtiyojlarning dastlabki ikki turini boshlang’ich, qolgan uchtasini 
ikkilamchu ehtiyojlar deb atagan. Shuningdek, ehtiyojlarning ortish jarayoni birlamchi 
(quyi), ikkilamchi (yuqori) ehtiyojlar bilan almashinuvi sifatida namoyon bo’ladi.
Shu bois, inson manfaatlarini ro’yobga chiqarish va xavfsizligini ta’minlash 
uchun davlat ijtimoiy siyosati quyidagilarga yo’naltiriladi:
-
fuqarolarning erkin iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat, kasb-hunar turlari 
va sohalarini erkin tanlash kabi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash;
-
jamiyatda aholining tor doirada tabaqalarga ajralishiga, ularning daromadlari 
o’rtasidagi farqning kattalashib ketishiga yo’l qo’ymaslik chora
-
tadbirlarini ko’rish;
-
ijtimoiy nizolarni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan darajada ishsizlik va 
inflyatsiyaning o’sib ketishi oldini olish;



Yüklə 325,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin