CENTRAL
ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 1
ǀ
ISSUE 1
ǀ
2021
241
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
DORIVOR O’SIMLIKLARNING AHAMIYATI VA MAYMUNJON O’SIMLIGI
Munisxon Faxriddinxon qizi Mutalibxonova
Namangan davlat universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada O’zbekiston hududida uchraydigan taiiy dorivor o’simliklar
ularni areallari haqida malumotlar keltirish bilan birgalikda maymunjon o’simligining
shifobaxshlik xususiyatlari hamda zararli jihatlari ko’rsatilgan.
Kalit so’zlar:
O’simlik,
ekologik sharoit, ajralmas tarkibiy qism, tur,
dorivor
preparat.
THE IMPORTANCE OF MEDICINAL PLANTS AND THE MONKEY PLANT
ABSTRACT
This article provides information about the habitats
of natural medicinal plants
found in the territory of Uzbekistan, as well as the medicinal
properties and harmful
aspects of the ape plant.
Keywords:
Plant, environmental conditions, integral component, species, drug.
KIRISH
Dorivor o‘simliklar tabiatda va inson hayotida katta ahamiyatga ega.
O‘simliklar dunyosi shu jumladan uning tarkibiga kiruvchi dorivor o‘simliklari ham
tabiat boyliklaridan biri hisoblanadi. Shifobaxsh o‘simliklarning xosiyati
qadim zamonlardan odamlarga ma‘lum. Inson va hayvonlar organizmida ro‘y
beradigan turli kasalliklarni davolashda ishlatiladigan
dori-darmonlar ichida
shifobaxsh o‘simliklardan tayyorlanayotgan dorilar katta ahamiyatga ega. Juda
ko‘pchilik dorivor o‘simliklar dorixonalarda sotilmaydi,
balki dori-darmonlar
ishlab chiqarishdagi asosiy xomashyo manbai hisoblanadi. O‘zbekistonda
yovvoyi holda o‘sadigan va o‘stiriladigan o‘simliklar soni 4150 ga yetadi.
Shulardan 577 tasi shifobaxsh xususiyatga ega. Ilmiy tibbiyotda ishlatiladigan,
dorivor preparatlarining qariyib 45 % i o‘simliklardan ajratib
olinadi yoki ulardan
tayyorlanadi. Dorivor o‘simliklar turli xil sistematik guruhlarga ega . Ular turli xil
zonalarda tarqalgan. Dorivor o‘simliklardan olinadigan
mahsulotlar ularning tuli
organlaridan olinadi. Chunki kerakli bo’lgan moddalar o’simlik turiga yashash
sharoitiga qarab turli organlarida joylashadi. Dorivor o‘simliklar juda ko‘pgina
kasalliklarga da‘vo bo‘ladi.
Masalan: