ǀ ISSUE 1
ǀ 2021
242 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz 1.Shamollashga
2.Yallig‘lanishga
3.Oshqazon- ichak
4.nafas yo‘llari
5.qon ketganda
6.qon bosimida
7.ichni haydash
8. Yo‘talga qarshi va boshqa kasalliklarga dori vositalari tayyorlashda qolaversa
tabiiy damlama,qaynatma,nastoykalar tayyorlashda ham keng qo’llaniladi.[2] Dorivor
o’simliklarning organizmga ta‘siri ularning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning
miqdoriga bog’liq. Bu birikmalar o’simliklarning qismlarida turli miqdorda
to’planadi.Dori tayyorlash uchun o’simlikning kerakli qismlari turli muddatlarda
yig’iladi, masalan, po’stlog’i, kurtagi erta bahorda, bargi o’simlik gullashi oldidan yoki
gullaganda, meva va urug’lari pishganda, ildiz, ildizpoyasi bahorda yoki kech kuzda
olinadi. Tabiatning ajralmas tarkibiy qismi o‘simlik dunyosidir. O‘simliklar
ham o‘z navbatida bir necha turlarga turlarga bo‘linadi. Shulardan eng
muhimlari dorivor o‘simliklardir.
ASOSIY QISM O‘zbekistonda uchraydigan dorivor o‘simliklar quyidagi ekologik
sharoitlarda keng tarqalgan.
1.Cho‘l 2. Adir 3. Tog‘ 4. Yaylov
O‘zbekiston cho‘llarida cherkez , cho‘g‘on , anabazis, keyreuk, yovshan ,
kovrak, isiriq, achchiqmiya kabi ko‘plab dorivor o‘simliklar uchraydi. Cho‘lda
namlikning tanqisligi tufayli ko‘pchilik dorivor o‘simliklar erta mart-aprel
oylaridan o‘sib chiqib qishning dekabrigacha hayotini davom ettiradi. Adir
zonasi ham o‘ziga xos dorivor o‘simliklar qoplamiga ega. Adir mintaqasining
tuprog‘i och tipik va to‘q bo‘z tuproqdan iborat. Adirlarda qoqio‘t, isfarak,
cho‘lyalpiz, rovoch, g‘azako‘t , gulxayri kabi juda ko‘p dorivor o‘simliklar
uchraydi. .Respublikamiz tog‘laridagi jigarrang tuproqlar avtomorf tuproq
hisoblanib, ko‘pincha quruq tog‘lar mintaqasida uchraydi. Tog‘ mintaqasida donli
va dukkakli ekinlar ekiladi. Pastki tog‘ mintaqasida bir yillik dorivor o‘simliklar
uchraydi. Tog‘larda zirk, tog‘yalpiz, yalpiz, na‘matak, qizilcha, kabi
birqancha dorivor o‘simliklar o‘sadi. Hozirgi vaqtda tibbiyotda ishlatiladigan 900
dan ortiqroq xil doridarmonlarning uchdan bir qismi dorivor o‘simliklarning
maxsuli hisoblanadi. Yurak kasalliklarini da‘volashda foydalaniladigan
dorilarning 77 % , I jigar va oshqazon- ichak yo‘llarida uchraydigan kasalliklarni
da‘volaydigan dorilarning 74 %i , bachodon kasalliklariga qarshi ishlatiladigan
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 1