48-modda. Qattiq tartibli koloniyalar Qattiq tartibli koloniyalar quyidagilarga bo‘linadi:
Oldingi tahrirga qarang. (48-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II- son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda) ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni
o‘tagan va qasddan jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;
ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni
o‘tagan va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun yana sudlangan ayollar, shuningdek o‘ta xavfli
retsidivist deb topilgan ayollar saqlanadigan koloniyalar.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 27 — 33-bandlari (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013- y.). 49-modda. Maxsus tartibli koloniyalar Oldingi tahrirga qarang. Maxsus tartibli koloniyalar ozodlikdan mahrum qilinib, o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan
erkaklarni, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarni saqlash uchun
mo‘ljallangan.
Maxsus tartibli koloniyalarda umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida
ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan erkaklar ham saqlanadi.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 34 — 42-bandlari (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013- y.). (49-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda) Oldingi tahrirga qarang.