Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Mahkumlarni tergov hibsxonasida yoki turmada qoldirish



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110
25.04.1997 (1)

53-modda. Mahkumlarni tergov hibsxonasida yoki turmada qoldirish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qasddan sodir etilgan og‘ir jinoyati uchun birinchi marta sakkiz yilgacha va sakkiz yil 
muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar alohida hollarda, mahkumning yozma 
roziligi bo‘lgan taqdirda, muassasa boshlig‘ining qaroriga binoan xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni 
bajarish uchun tergov hibsxonasi yoki turmada qoldirilishi mumkin.
(53-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son 
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda) 
Xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasida yoki turmada qoldirilgan 
mahkumlar jazoni qulflab qo‘yilmaydigan umumiy kameralarda, boshqa shaxslardan batamom 
ajratilgan holda, ushbu Kodeksning 
18-bobida 
nazarda tutilgan sharoitlarda o‘taydilar. Mahkumlarga 
uzoq muddatli uchrashuvga ruxsat berish imkoniyati bo‘lmasa, ularga bitta uzoq muddatli uchrashuv 
o‘rniga ikkita qisqa muddatli uchrashuvga ruxsat beriladi. 
Voyaga yetmagan shaxslar, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek 
sudlar va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining sobiq xodimlariga mansub mahkumlar 
xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilmaydilar. 
10-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM QILISh TARIQASIDAGI JAZO IJROSINI TAShKIL 
ETISh 
54-modda. Mahkumlarni jazoni o‘tash uchun jo‘natish 


Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tergov hibsxonasining ma’muriyati 
hukm qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risida sud xabarnomasini olgan kundan boshlab o‘n kunlik 
muddat ichida jazoni o‘tash uchun jo‘natiladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ushbu muddat davomida mahkum:
qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan bir marta qisqa muddatli uchrashish;
o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan, o‘n besh daqiqa davom etadigan bir marta 
telefon orqali so‘zlashish huquqiga ega.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar sud hukmi bilan belgilangan rejimning 
turiga muvofiq jazoni ijro etish muassasalariga jo‘natiladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jo‘natish ushbu Kodeksning 
58-
moddasi 
talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. 
(54-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli 
Qonuniga
 asosan 
ikkinchi — to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 
03/19/558/3662-son) 
Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga jo‘natish 
tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Ichki 
ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin