Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Jazoni bitta muassasada o‘tash



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110
25.04.1997 (1)

57-modda. Jazoni bitta muassasada o‘tash 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs butun jazo muddatini, odatda, bitta 
muassasada o‘taydi. 
Mahkumni bir koloniyadan ayni shu turdagi boshqa koloniyaga jazoni o‘tashni davom 
ettirish uchun o‘tkazishga uning xavfsizligini ta’minlash maqsadida uning roziligini olgan holda, 


shuningdek mahkumning mazkur muassasada qolishiga to‘sqinlik qiluvchi boshqa hollarda yo‘l 
qo‘yiladi. 
Mahkum kasal bo‘lib qolgan taqdirda uni koloniyadan yoki turmadan ixtisoslashgan 
davolash muassasiga o‘tkazishga tibbiy xulosa asosida yo‘l qo‘yiladi. 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni ijro etuvchi bir muassasadan 
boshqasiga o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 
60-moddasi
, “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 
ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari” VIII bobining 
2-
paragrafi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.), O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2014-yil 27-
iyuldagi 103-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga jo‘natish hamda 
ularni bir muassasadan boshqasiga ko‘chirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 
3-bobi

58-modda. Mahkumlarni ajratilgan holda saqlash 
Jazoni ijro etish muassasalarida erkaklar va ayollar, voyaga yetmaganlar va katta yoshlilar, 
ozodlikdan mahrum etishga birinchi marta hukm qilingan shaxslar va ilgari bu jazo turini o‘tagan 
mahkumlar alohida-alohida saqlanadi. 
Quyidagilar boshqa mahkumlardan batamom ajratilib, shuningdek alohida-alohida 
saqlanadi: 
o‘ta xavfli retsidivistlar; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 34-moddasining 
uchinchi qismi

Oldingi
 tahrirga qarang. 
umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan 
almashtirilgan mahkumlar;
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
51
va 
76-moddalari
, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston 
Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi 
nizom

(58-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-
iyuldagi O‘RQ-99-sonli 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-
modda) 
mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; 
sud va huquq-tartibotni muhofaza qiluvchi organlarning sobiq xodimlariga mansub 
mahkumlar; 
turli yuqumli kasalliklarga chalingan mahkumlar. 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin