Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110
25.04.1997 (1)

69
1
-modda. Mahkum ovqat yeyishni rad etganda qo‘llaniladigan choralar
Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi fakti aniqlanganda muassasa boshlig‘i yoxud 
uning o‘rnini bosuvchi shaxs bu haqda zudlik bilan prokurorni xabardor qiladi.
Ovqat yeyishni rad etadigan mahkum imkon qadar boshqa mahkumlardan alohida saqlanadi 
va tibbiyot xodimining kuzatuvi ostida bo‘ladi.
Ovqat yeyishni rad etgan mahkumning sog‘lig‘ini saqlab turishga qaratilgan majburlov 
yo‘sinidagi (sun’iy va majburiy ovqatlantirish tarzidagi) choralar, agar uning hayotiga yoki 


sog‘lig‘iga xavf tahdid solsa, shifokorning yozma xulosasi asosida hamda tibbiyot xodimi hozirligida 
amalga oshiriladi.
Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi uni boshqa jazoni ijro etish muassasalariga 
o‘tkazishga yoxud tergov harakatlarida va sud majlislarida ishtirok etish uchun boshqa erga 
ko‘chirishga to‘sqinlik qilmaydi. Zarur hollarda, mahkumni boshqa erga ko‘chirish tibbiyot xodimi 
kuzatuvida amalga oshiriladi.
Mahkumlar ovqat yeyishni rad etganda qo‘llaniladigan majburlov yo‘sinidagi choralarni 
qo‘llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 
Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi. 
(69
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli 
Qonuniga 
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
(70-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi O‘RQ-817-sonli 
Qonuniga
 asosan 
o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son) 
71-modda. Maxsus vositalarni ishlatish 
Mahkumlarning g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlarini to‘xtatish, shuningdek o‘ziga o‘zi zarar 
yetkazishining oldini olish maqsadida ularga nisbatan maxsus vositalar ishlatilishi mumkin. 
Maxsus vositalar jumlasiga rezina tayoqlar, qo‘lkishanlar yoki boshqacha bog‘lash 
vositalari, xizmat itlari, ko‘zdan yosh chiqaruvchi moddalar, chalg‘itma ta’sir ko‘rsatuvchi nur-
tovush moslamalari, to‘siq-g‘ovlarni bartaraf etuvchi vositalar, suv bilan zarba beruvchi va zirhli 
mashinalar, inshootlarni ochish, transportni majburiy to‘xtatish moslamalari hamda qonunda nazarda 
tutilgan boshqa vositalar kiradi. 
Maxsus vositalar quyidagi hollarda qo‘llaniladi: 
mahkumlarning muassasa ma’muriyati vakillariga, boshqa mahkumlarga va o‘zga 
shaxslarga hujumini daf etish chog‘ida; 
mahkumlar tomonidan sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni, jamoat tartibini guruh bo‘lib 
buzishlarni to‘xtatish, muassasa ma’muriyatiga ashaddiy bo‘ysunmayotgan yoki qarshilik 
ko‘rsatayotgan huquqbuzarlarni ushlash chog‘ida; 
garovga olinganlarni, mahkumlar egallab olgan binolarni, inshootlarni, xonalarni va 
transport vositalarini ozod qilish chog‘ida; 
mahkumlarni qo‘riqlab borish va qo‘riqlab turish chog‘ida — qochishning oldini olish 
uchun; 
jazoni ijro etish muassasasidan qochgan mahkumlarni ushlash chog‘ida. 
Maxsus vositalar qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qo‘llanilishi mumkin. 
Maxsus vositalar turlari, ularni ishlatish intensivligi yuzaga kelgan vaziyat, huquqbuzarlik 
xususiyati va huquqbuzarning shaxsini inobatga olgan holda belgilanadi. Maxsus vositalarni qo‘llash 
mahkumlarga va boshqa shaxslarga mumkin qadar kam zarar keltirishi lozim. 
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan 
shaxslarga hamda yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslarga 
nisbatan maxsus vositalar ishlatish taqiqlanadi, ular tomonidan qurolli qarshilik ko‘rsatilgan yoki 
fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilingan hollar bundan mustasno. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Maxsus vositalarni qo‘llash natijasida mahkumlar va boshqa shaxslar hayoti va sog‘lig‘iga 
zarar yetkazilgan har bir hodisa haqida darhol prokurorga xabar qilinadi. 
(71-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
 119 — 124-bandlari 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.). 



Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin