68-modda. Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati:
mahkumlar, muassasa xodimlari va boshqa shaxslar xavfsizligini ta’minlash;
mahkumlar mazkur muassasaga yetib kelgunga qadar sodir etgan jinoyatlarni aniqlash va
fosh etish;
jinoyatlarni hamda belgilangan saqlash rejimini buzish hollarini aniqlash va ularning oldini
olish;
jazoni ijro etish muassasalarida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochgan mahkumlarni qidirish;
boshqa jinoyatlarni fosh etishda yordam berish maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang. Tezkor-qidiruv faoliyatini jazoni ijro etish muassasalarining tezkor xizmatlar xodimlari,
shuningdek boshqa vakolatli organlar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
(68-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni . 69-modda. Mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar
va huquqbuzarliklarni to‘xtatib qolish maqsadida, shuningdek ularni ushlash chog‘ida, agar boshqa
usullar bilan muassasa ma’muriyatining qonuniy talablarini ta’minlashning iloji bo‘lmasa,
mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang. Jismoniy kuch ishlatilishi natijasida mahkumning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan har
bir holat to‘g‘risida prokurorga darhol xabar beriladi.
(69-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son) LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 117 — 133-bandlari (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013- y.). Oldingi tahrirga qarang.