Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110
25.04.1997 (1)

68-modda. Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati 
Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati:
mahkumlar, muassasa xodimlari va boshqa shaxslar xavfsizligini ta’minlash;
mahkumlar mazkur muassasaga yetib kelgunga qadar sodir etgan jinoyatlarni aniqlash va 
fosh etish;
jinoyatlarni hamda belgilangan saqlash rejimini buzish hollarini aniqlash va ularning oldini 
olish; 
jazoni ijro etish muassasalarida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochgan mahkumlarni qidirish;
boshqa jinoyatlarni fosh etishda yordam berish maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Tezkor-qidiruv faoliyatini jazoni ijro etish muassasalarining tezkor xizmatlar xodimlari
shuningdek boshqa vakolatli organlar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradilar. 
(68-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi
 Qonuni

69-modda. Mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar 
va huquqbuzarliklarni to‘xtatib qolish maqsadida, shuningdek ularni ushlash chog‘ida, agar boshqa 
usullar bilan muassasa ma’muriyatining qonuniy talablarini ta’minlashning iloji bo‘lmasa, 
mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishi mumkin. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jismoniy kuch ishlatilishi natijasida mahkumning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan har 
bir holat to‘g‘risida prokurorga darhol xabar beriladi. 
(69-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
117 — 133-bandlari 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.). 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin