Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Turli toifadagi mahkumlarni birga saqlash hollari



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   110
25.04.1997 (1)

59-modda. Turli toifadagi mahkumlarni birga saqlash hollari 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davolash huquqi asosidagi koloniyalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan 
kasalxonalarda har xil turdagi jazoni ijro etish muassasalaridan kelgan mahkumlarni birga saqlashga 
ruxsat etiladi. 
(59-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda muayyan bir turdagi koloniyalarda ozodlikdan 
mahrum etish tariqasidagi jazoni boshqa turdagi koloniyada o‘tashi lozim bo‘lgan mahkumlarni 
saqlash uchun batamom ajratib qo‘yilgan uchastka tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi. 


(59-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda mahkumlar jazoni sud belgilagan tartib turi 
sharoitida o‘taydilar. 
60-modda. Mahkumlarni ko‘chirish 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni ijro etuvchi bir muassasadan 
boshqasiga ko‘chirish ushbu Kodeksning 
58-moddasi
 talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tergov qilinayotgan shaxslardan alohida 
ko‘chiriladi. 
(60-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) 
Homilasi yigirma to‘rt haftalikdan oshgan yoki uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar 
boshqa mahkumlardan alohida ko‘chiriladi. 
Mahkum bemorlar, homilador ayollar va bolasi bor ayollar, zarurat bo‘lganda, tibbiy 
xodimlar kuzatuvida ko‘chiriladi. 
Mahkumlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularni boshqa hollarda ham ajratilgan 
tarzda ko‘chirishga yo‘l qo‘yiladi. 
Ko‘chirish chog‘ida mahkumlar zarur moddiy-maishiy va sanitariya-gigiyena sharoitlari 
bilan ta’minlanadi, ularga mavsumiy kiyim va poyabzal, belgilangan norma bo‘yicha oziq-ovqat 
mahsulotlari beriladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-sonli 
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari, 
vaqtincha saqlash hibsxonalari va maxsus qabulxonalarida saqlanayotgan shaxslarni ta’minlash me’yorlarini 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
qarori

Mahkumlarni ko‘chirish davlat hisobidan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 
tomonidan belgilangan 
tartibda 
soqchi kuzatuvida amalga oshiriladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
150 — 162-bandlari 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.). 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jazoni o‘tash joyiga borayotgan yoki bir jazoni ijro etish muassasasidan boshqa jazoni ijro 
etish muassasasiga ko‘chirilayotgan mahkumlarni vaqtincha saqlash uchun jazoni ijro etish 
muassasalari va tergov hibsxonalari huzurida tranzit-jo‘natish uchastkalari tashkil etilishi mumkin. 
Mahkumlar tranzit-jo‘natish uchastkalarida rejimining turi sud hukmi bilan belgilangan jazoni ijro 
etish muassasasida o‘zining jazoni o‘tashiga oid shartlar asosida, ushbu Kodeksning 
58-moddasi 
talablariga rioya etgan holda saqlanadi. Mahkumlarni tranzit-jo‘natish uchastkalarida saqlashning eng 
ko‘p muddati ko‘pi bilan 20 sutkani tashkil etadi. 
(60-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli 
Qonuniga 
asosan 
sakkizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 
03/19/558/3662-son) 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin