Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Mahkumning narsalari va buyumlari



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   110
25.04.1997 (1)

66-modda. Mahkumning narsalari va buyumlari 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga o‘z yonida saqlashga ruxsat etilgan 
narsalar va buyumlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
17-ilovasi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Mahkumlarning yonidan topilgan, foydalanishga ruxsat etilmagan narsalar va buyumlar 
muassasa boshlig‘ining qaroriga binoan olib qo‘yiladi hamda mahkum ozod bo‘lgunga qadar saqlash 
uchun topshiriladi yoki yo‘q qilib tashlanadi yoxud davlat foydasiga o‘tkaziladi va bu haqda tegishli 
hujjat tuziladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
 137 — 140-bandlari 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.). 
Narsalar va buyumlarni davlat foydasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror prokuror tomonidan 
tasdiqlanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
13-ilovasi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
67-modda. Tintuv va ko‘zdan kechirish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar, ularning buyumlari va kiyimlari, 
shuningdek jazoni ijro etish muassasalarining obyektlari va xonalari tintuv qilinishi hamda ko‘zdan 
kechirilishi mumkin. Shaxsiy tintuv mahkum bilan bir jinsda bo‘lgan shaxslar tomonidan amalga 
oshiriladi.
Tayyorlanayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlar, taqiqlangan narsalar va buyumlar 
saqlanayotganligi haqida axborot kelib tushgan hollarda, jazoni ijro etish muassasalarining turar 
joylarini ularda mahkumlar bo‘lganda tintuv qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Tintuv o‘tkazish chog‘ida mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch va maxsus vositalar 
qo‘llanilishi taqiqlanadi, bundan mahkumlarning tintuvni amalga oshirayotgan xodimga, boshqa 
mahkumlarga yoki o‘zga shaxslarga nisbatan g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlarining, shuningdek 
mahkumlar tomonidan o‘ziga o‘zi zarar yetkazishining oldini olish hollari mustasno. 
(67-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-iyundagi O‘RQ-625-sonli 
Qonuniga 
asosan birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 01.07.2020-y., 03/20/625/1007-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati ushbu muassasaga hamda mahkumlar ishlayotgan 
obyektlarga kirayotgan va chiqayotgan shaxslarning transport vositalarini, buyumlari va kiyimini 
ko‘zdan kechirishga haqli, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 


(67-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Tintuv qilish va ko‘zdan kechirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 
tomonidan belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
92

94 — 98

100 — 107-bandlari 
(ro‘yxat raqami 
2495, 29.07.2013-y.). 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin