Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110
25.04.1997 (1)

63-modda. Mahkumlar kiyimi 
Jazoni ijro etish muassasalarida, manzil-koloniyalarni istisno etganda, mahkumlar 
belgilangan namunada kiyim kiyadilar. Kiyimning ko‘rinishi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar 
vazirligi tomonidan belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari” 12-bandining 
beshinchi xatboshisi
, 72-bandining 
to‘rtinchi

beshinchi xatboshlari

149

158-bandlari
, 303-bandning 
to‘rtinchi xatboshisi

368 — 370

379

503-bandlari 
va 
3-ilovasi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Ichki tartib qoidalarida nazarda tutilgan hollarda mahkumlarga fuqarolik namunasidagi 
kiyimdan foydalanishga ruxsat etiladi. 
64-modda. Mahkumlarni batamom ajratib qo‘yish va qo‘riqlash 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni batamom ajratib qo‘yish va 
qo‘riqlash, shuningdek ular saqlanadigan va mehnat qiladigan obyektlarni qo‘riqlash O‘zbekiston 
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
(64-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
65-modda. Nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari 


Ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochish va boshqa jinoyatlarning, jazoni o‘tashning 
belgilangan tartibini buzishlarning oldini olish, mahkumlar xulq-atvori to‘g‘risida zarur axborot olish 
uchun jazoni ijro etish muassasalarida nazorat va tekshirishning audiovizual, elektron va boshqa 
texnikaviy vositalaridan foydalaniladi. 
Muassasa ma’muriyati mahkumlarni nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari 
qo‘llanilayotganligidan xabardor etishi shart. 
Nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari ro‘yxati, ulardan foydalanish tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin