Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Mahkumlarni saqlash sharoitining o‘zgartirilishi



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   110
25.04.1997 (1)

61-modda. Mahkumlarni saqlash sharoitining o‘zgartirilishi 
Jazoni o‘tash davrida ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning saqlash 
sharoiti bir muassasa doirasida yoki boshqa turdagi muassasaga o‘tkazish yo‘li bilan 
yengillashtirilishi yoxud og‘irlashtirilishi mumkin. 
Mahkumlarni saqlash sharoiti rag‘batlantirish tarzida quyidagicha yengillashtirilishi 
mumkin: 


muassasa boshlig‘ining qaroriga binoan — ushbu Kodeksning 
102

104-moddalariga
 
muvofiq; 
sud tomonidan — Jinoyat-protsessual kodeksining 
537-moddasiga
 muvofiq. 
Mahkumlarni saqlash sharoiti intizomiy jazo tarzida quyidagicha og‘irlashtirilishi mumkin: 
muassasa boshlig‘ining qaroriga binoan — ushbu Kodeksning 
105

106-moddalariga
 
muvofiq; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
sud tomonidan — Jinoyat-protsessual kodeksining 
537-moddasi 
va 542-moddasining 
ikkinchi qismiga 
muvofiq. 
(61-moddaning uchinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 13-
dekabrdagi O‘RQ-124-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 503-modda) 
11-BOB. JAZONI IJRO ETISh MUASSASALARIDAGI REJIM 
62-modda. Rejimning asosiy talablari 
Jazoni ijro etish muassasalarida rejim jazodan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun 
belgilanadi. 
Rejim quyidagilarni ta’minlaydi: 
mahkumlarni batamom ajratib qo‘yish, ularni qo‘riqlash va nazorat qilib turishni; 
mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek 
ularning o‘z majburiyatlarini ado etishini
muayyan toifadagi mahkumlarni alohida-alohida saqlashni; 
muassasa turiga qarab mahkumlarni har xil sharoitda saqlashni
mahkumlarning va muassasa xodimlarining xavfsizligini. 
Jazoni ijro etish muassasalarida rejim O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan Ichki tartib qoidalari va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib
 qoidalari” 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin