Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Mahkumlarning telefon orqali so‘zlashuvlari



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110
25.04.1997 (1)

77-modda. Mahkumlarning telefon orqali so‘zlashuvlari 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarga telefon orqali so‘zlashuvlar huquqi beriladi. 
(77-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son) 


Oldingi
 tahrirga qarang. 
Umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarda, tarbiya koloniyalarida, turmalarda va 
mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda jazoni o‘tayotgan mahkumlarning telefon orqali 
so‘zlashuvlari muassasa ma’muriyati nazorati ostida o‘tkaziladi hamda ularning haqi mahkumning 
shaxsiy hisobvarag‘idan to‘lanadi. 
(77-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli 
Qonuniga 
asosan 
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 
03/19/558/3662-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Telefon orqali so‘zlashuvlar miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda 
mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. Mahkumning iltimosiga ko‘ra, mahkum jazoni 
ijro etish muassasasiga yetib kelgandan keyin, shuningdek alohida hollarda unga qo‘shimcha ravishda 
telefon orqali so‘zlashuvga ruxsat etilishi mumkin.
(77-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son 
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) 
Intizomiy bo‘linmalarda saqlanayotgan mahkumlarga faqat alohida hollarda telefon orqali 
so‘zlashuvga ruxsat etilishi mumkin. 
Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning telefon orqali o‘zaro 
so‘zlashuvlari taqiqlanadi. 
Mahkumlarga telefon orqali so‘zlashuvga ruxsat etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki 
ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
272 — 287-bandlari 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.). 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin