(87-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mahkumlarga tibbiy-sanitariya xizmati ko‘rsatish uchun statsionarlari bor tibbiy bo‘limlar,
sil kasalligiga chalingan bemorlarni davolash va saqlab turish uchun davolash muassasasi huquqiga
ega bo‘lgan
koloniyalar, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mahkumlarga mo‘ljallangan
ixtisoslashgan kasalxonalar tashkil etiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs jazoni ijro etish muassasasiga qabul qilish
chog‘ida, jazoni o‘tash paytida vaqti-vaqti bilan, biroq olti oyda kamida bir marta,
shuningdek
murojaatlarga ko‘ra tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish maxfiylik shartlari
asosida amalga oshiriladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs jazoni ijro etish muassasasiga qabul
qilingan paytdan e’tiboran o‘n besh kun ichida u bilan suhbat o‘tkaziladi, mahkum jazoni ijro etish
muassasasining karantin xonalarida tibbiy ko‘rikdan va sanitariya-gigiyena tadbirlaridan o‘tadi.
Jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan
shaxslar jazoni ijro etish muassasasiga
qabul qilinayotganda ham, shoshilinch tibbiy yordamga
muhtoj bo‘lganda ham tibbiyot xodimlari ushbu shaxslarning yoniga zudlik bilan kirishini ta’minlashi
kerak.
Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish zarur bo‘lganda ozodlikdan mahrum etishga hukm
qilingan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy muassasalariga
joylashtiriladi.
Ozodlikdan
mahrum etishga hukm qilingan, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj
bo‘lgan shaxslar davolash muassasasi huquqiga ega bo‘lgan koloniyalarga yoki ozodlikdan mahrum
etishga hukm qilingan shaxslar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan kasalxonalarga yuboriladi,
shuningdek ular O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy muassasalariga
joylashtirilishi mumkin.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs og‘ir kasallikka chalingan taqdirda, jazoni
ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkumning roziligi bilan uning yaqin qarindoshlariga yoki
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning o‘zi ko‘rsatgan boshqa shaxslarga bu haqda
darhol xabar beradi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs og‘ir
kasallikka chalingan taqdirda,
telefon orqali qo‘shimcha so‘zlashishga, shuningdek shifokorning ruxsati bilan qo‘shimcha
uchrashuvga ruxsat beriladi.
(87-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-martdagi O‘RQ-530-sonli
Qonuniga
asosan
uchinchi — to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2019-
y., 03/19/530/2769-son)
Mahkumlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, ularga dori-darmon vositalari berish, sanitariya
nazoratini tashkil etish va olib borish, davolash-profilaktika muassasalaridan foydalanish, sog‘liqni
saqlash organlarining tibbiy xodimlarini jalb etish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar
vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda
belgilanadi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning tibbiy-sanitariya ta’minoti
respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Mahkumlar shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga, sanitariya talablariga rioya etishlari
shart.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish
muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya ta’minoti bo‘yicha
qoidalar
” (ro‘yxat raqami
3159, 20.05.2019-y.), “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi
jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
372 – 373-bandlari
(ro‘yxat raqami 2495,
29.07.2013-y.).