Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Mahkumlarning dam olish vaqti



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   110
25.04.1997 (1)

91-modda. Mahkumlarning dam olish vaqti 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, mehnatga jalb etilgan mahkumlarga har haftada 
kamida bir dam olish kuni beriladi. Ular bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishdan ozod qilinadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 
208-moddasi

Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga har yilgi mehnat ta’tili berilmaydi, 
jazoni manzil-koloniyalarda o‘tayotganlar bundan mustasno.
Manzil-koloniyalardagi mahkumlar muddati o‘n besh ish kunidan iborat haq to‘lanadigan 
har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega. Ta’til ushbu Kodeksning 
82-moddasida
 belgilangan 
tartibda manzil-koloniya doirasidan chetga chiqish huquqi bilan beriladi. Mahkum jazoni ijro etish 
koloniyasining intizomiy bo‘linmasi turar joylarida saqlangan vaqt haq to‘lanadigan har yilgi mehnat 
ta’tili berish uchun zarur muddatga qo‘shib hisoblanmaydi.
(91-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son 
Qonuniga
 muvofiq ikkinchi va uchinchi qismlari bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 
1-2-son, 18-modda) 
92-modda. Mahkumlar mehnatiga haq to‘lash 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnatiga mehnat to‘g‘risidagi 
qonunchilikka muvofiq haq to‘lanadi. 
(92-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 
153 – 164-moddalari

Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mehnat normalarini va mehnat vazifalarini bajargan mahkumlar mehnatiga to‘lanadigan 
oylik haq qonunchilikda Mehnatga haq to‘lash 
yagona tarif setkasining
birinchi razryadi bo‘yicha 
belgilangan miqdordan kam bo‘lishi mumkin emas. 
(92-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-sonli “Mehnatga haq to‘lash 
yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 
qarori

Oldingi
 tahrirga qarang. 
Barcha chegirmalardan qat’i nazar, mahkumlar shaxsiy hisobvarag‘iga ularga yozilgan ish 
haqining kamida yigirma besh foizi, oltmish yoshdan oshgan erkaklarning, ellik besh yoshdan oshgan 
ayollarning, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning, homilador ayollarning hamda jazoni ijro 
etish muassasalari qoshidagi bolalar uyida bolasi bor ayollarning, shuningdek manzil-koloniyalar va 
tarbiya koloniyalaridagi mahkumlarning hisobvarag‘iga esa, kamida ellik foizi o‘tkazib qo‘yiladi. 


(92-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin