Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETIShGA HUKM QILINGAN ShAXSLAR MEHNATI



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   110
25.04.1997 (1)

13-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETIShGA HUKM QILINGAN ShAXSLAR MEHNATI 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
XIV bobi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
88-modda. Mahkumlarni mehnatga jalb etish 
Mahkumlarni mehnatga jalb etishdan asosiy maqsad ularda ijtimoiy-foydali faoliyat bilan 
shug‘ullanish ehtiyojini shakllantirishdan iborat. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jinsi, yoshi, sog‘lig‘ining holati, mehnat 
qobiliyati va iloji boricha, ixtisosligi hisobga olingan holda ishlashi kerak. Mahkumlarning mehnatga 
oid munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik bilan, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan istisno 
va cheklashlarni hisobga olgan holda, tartibga solinadi. 
(88-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi O‘RQ-817-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 
89 — 96-moddalari

Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar, odatda, jazoni ijro etish muassasalari 
va ular tashkilotlarining korxonalarida, ayrim hollarda esa, kerakli tarzda qo‘riqlash va batamom 
ajratib qo‘yish ta’minlangan taqdirda, boshqa korxonalarda mehnatga jalb etiladi. Mahkumlarning 
xususiy shaxslar foydasiga mehnat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
(88-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Oltmish yoshdan oshgan erkaklar, ellik besh yoshdan oshgan ayollar, I va II guruh 
nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga o‘z xohishlariga ko‘ra jalb etiladilar. 
(88-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mahkuma ayollar homiladorlik va tug‘ish munosabati bilan qonunchilikda belgilangan 
muddatga ishdan ozod qilinadilar. 
(88-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda bajarish taqiqlangan ishlarda ayol va voyaga yetmagan 
mahkumlar mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
(88-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay 
mehnat sharoitlari ishlari
ro‘yxati” 
(ro‘yxat raqami 1990, 29.07.2009-y.), “O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan 
shaxslar ko‘tarishlari va tashishlari mumkin bo‘lgan og‘ir yuk normalarining chegarasini belgilash 
to‘g‘risida”gi
 nizom 
(ro‘yxat raqami 1954, 12.05.2009-y.). 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mahkumlardan foydalanish taqiqlangan ishlar va lavozimlar ro‘yxati qonunchilik bilan 
belgilab qo‘yiladi. 


(88-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
338-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Mahkumlar topshirilgan ishni halol, vijdonan bajarishga, mehnat va texnologiya intizomiga, 
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha talablarga rioya etishlari shart. Ularning mehnatga oid va boshqa 
nizolarni hal etish maqsadida ishni to‘xtatib qo‘yishi taqiqlanadi. 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin