Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Mahkumlarni ish bilan ta’minlash



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110
25.04.1997 (1)

89-modda. Mahkumlarni ish bilan ta’minlash 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 
jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqariladigan muayyan mahsulot turlari uchun 
buyurtmalarni taqsimlaydi; 
ishlab chiqarish korxonalarini moddiy-texnika bilan ta’minlash choralarini ko‘radi; 
ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishni, ishlab turgan korxonalarni texnika bilan qayta 
jihozlash va rekonstruksiya qilishni moliyaviy ta’minlaydi; 
korxona, muassasa va tashkilotlarni mahkumlar mehnatidan foydalanishga jalb etishga 
imkon yaratib beradi; 
korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnat qilayotgan mahkumlarga yoziladigan ish haqi 
miqdorini belgilab beradi. 
Mahkumlarni ish bilan ta’minlash jazoni ijro etish muassasalarida yoki ulardan tashqarida 
ish o‘rinlarini tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
90-modda. Mahkumlarning ish vaqti 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar uchun mehnat to‘g‘risidagi 
qonunchilikda belgilab qo‘yilgan ish vaqtining eng ko‘p normasiga rioya etgan holda, odatda, olti 
kunlik ish haftasi belgilanadi. 
(90-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarori 
bilan tasdiqlangan “Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish 
vaqtining cheklangan muddati” (
8-ilova
). 
Mahkumlar ish vaqti rejimini jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati ishlab chiqarish 
xususiyatiga qarab belgilaydi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mahkumlarni ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) 
kunlarida ishga jalb etishga ishlab chiqarish zarurati bo‘lgan taqdirda mehnat to‘g‘risidagi 
qonunchilikda belgilab qo‘yilgan ish vaqtidan tashqari ishlarning eng ko‘p muddatiga rioya etgan 
holda yo‘l qo‘yiladi. 
(90-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy etilganda, mahkumlar ish vaqtidan tashqari ishlarga, 
dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida yoki tungi ishlarga jalb etilgan taqdirda mehnat 
to‘g‘risidagi qonunchilikda voyaga yetmagan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan 
shaxslarga nisbatan belgilangan cheklashlarga rioya etish shart. 
(90-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) 


Mahkuma homilador ayollar, shuningdek jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi bolalar 
uylarida bolasi bor ayollar ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) 
kunlarida ishga yoki ish vaqti jamlab hisobga olinadigan rejimda ishlashga o‘zlarining roziligi bilan 
jalb etilishi mumkin. Mazkur shaxslar tungi ishlarga, ularning roziligini olgan holda va tegishli tibbiy 
xulosa bo‘lgan taqdirda, jalb qilinishi mumkin. 
Mahkumlarning ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlaridagi 
ishlari uchun ikki hissa haq to‘lanadi. 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin