Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   110
25.04.1997 (1)

102
1
-modda. Rag‘batlantirish choralarini qo‘llash tartibi 
Mahkumlarga nisbatan rag‘batlantirish choralarini qo‘llash har yili kamida ikki marta, 
shuningdek bayram kunlari munosabati bilan ko‘rib chiqiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mahkumlarni rag‘batlantirish masalalari, shu jumladan qo‘llanilayotgan rag‘batlantirish 
choralarining ushbu Kodeks 97
1
-moddasining 
birinchi qismida
nazarda tutilgan mezonlarga 
muvofiqligi jazoni ijro etish muassasasida tuzilgan komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi va ular 
bo‘yicha xulosa qabul qilinadi. 
(102
1
-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi O‘RQ-817-
sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son) 
Komissiya jazoni ijro etish muassasasining xodimlari, shuningdek jamoatchilik vakillari 
orasidan kamida sakkiz nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi.
Komissiya tarkibiga jamoatchilik vakillaridan, qoida tariqasida, xalq deputalari mahalliy 
Kengashlari deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining 
(ombudsmanning) mintaqaviy vakillari, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, jamoat tashkilotlarining 
hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan vakillari kiradi.
Jamoatchilik vakillari komissiya a’zolari umumiy sonining yarmini tashkil etishi kerak. 
Jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘i komissiyaning raisi hisoblanadi.


Mahkumni rag‘batlantirish uchun tavsiya etish, zarur hujjatlarni tayyorlash va komissiya 
a’zolariga taqdim etish otryad boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya majlisi ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddatlardan bir hafta 
ilgari o‘tkaziladi.
Komissiya a’zolari rag‘batlantirish uchun tavsiya etilgan mahkum bilan uning xulq-atvori 
belgilangan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan suhbat o‘tkazadi.
Komissiya qarori majlisda ishtirok etayotgan a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan, ochiq ovoz 
berish orqali qabul qilinadi. Ovozlar soni teng bo‘lgan taqdirda, mahkumni rag‘batlantirish to‘g‘risida 
qaror qabul qilinadi.
Komissiya qarori majlisda hozir bo‘lgan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadigan 
bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiyaning mahkumga nisbatan rag‘batlantirish chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni 
o‘z ichiga olgan bayonnomasiga muvofiq jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘ining buyrug‘i uch ish 
kuni ichida chiqariladi va uning mazmuni mahkumga e’lon qilinadi.
Komissiyani tuzish va faoliyatini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki 
ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 
(102
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-iyundagi O‘RQ-625-sonli 
Qonuniga 
asosan 
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 03/20/625/1007-son) 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin