Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   110
25.04.1997 (1)

97
1
-modda. Mahkumlarning tuzalish yo‘liga o‘tganligini aniqlash mezonlari
Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahkumlarning tuzalish yo‘liga o‘tganligi 
ushbu Kodeksning 
102
1
-moddasida
nazarda tutilgan komissiya tomonidan har chorak yakunlariga 
ko‘ra quyidagi mezonlardan biri asosida belgilanadi:
mahkumning mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lishi, belgilangan mehnat normalarini 
bajarishi, ongli ravishda mustaqil ishlash ko‘nikmalarining shakllanganligi, o‘qishga va kasb-hunar 
o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi;
mahkumning jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladigan madaniy-ma’rifiy 
tadbirlardagi ishtiroki, uning tashabbusi, boshqa mahkumlarga ibrat bo‘lishga intilishi;
mahkumning jazoni ijro etish muassasasida o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalariga rioya etishi, 
mahkumga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilganligi, unga nisbatan intizomiy jazo chorasi 
qo‘llanilmaganligi.
Mahkumni tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmagan deb topish to‘g‘risidagi xulosa komissiya 
tomonidan rasmiylashtiriladi va mahkumning shaxsiy yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi.


Komissiya tomonidan tuzalish yo‘liga o‘tmagan deb topilgan mahkumlar bilan tarbiyaviy-
profilaktika ishlari muassasa psixologini jalb etgan holda alohida reja asosida amalga oshiriladi.
Tuzalish yo‘liga o‘tmagan deb topilgan mahkum komissiyaning xulosasi ustidan ushbu 
Kodeksning 
107-moddasida
 belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli. 
(97
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi O‘RQ-817-sonli 
Qonuniga
 asosan 
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son) 
98-modda. Mahkumlarning tarbiya jarayonidagi ishtiroki 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning foydali tashabbusini kuchaytirish, 
ularning mehnati, maishiy hayoti va bo‘sh vaqtini tashkil etish masalalarini hal etishda qatnashish, 
intizomni va ichki tartibni saqlab turishda muassasa ma’muriyatiga ko‘maklashish maqsadida 
mahkumlarning turli tashkilotlari tuzilishi mumkin. 
Mahkumlar tashkilotlarini tuzish va ularning ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki 
ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
400 
va
401-bandlari 
(ro‘yxat raqami 2495, 
29.07.2013-y.). 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin