sog‘lig‘iga xavf tahdid solsa, shifokorning yozma xulosasi asosida hamda tibbiyot xodimi hozirligida
amalga oshiriladi.
Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi uni boshqa jazoni ijro etish muassasalariga
o‘tkazishga yoxud tergov harakatlarida va sud majlislarida ishtirok etish uchun boshqa erga
ko‘chirishga to‘sqinlik qilmaydi. Zarur hollarda, mahkumni boshqa erga ko‘chirish tibbiyot xodimi
kuzatuvida amalga oshiriladi.
Mahkumlar ovqat yeyishni rad etganda qo‘llaniladigan majburlov yo‘sinidagi
choralarni
qo‘llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
(69
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli
Qonuniga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(70-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi O‘RQ-817-sonli
Qonuniga
asosan
o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son)
71-modda. Maxsus vositalarni ishlatish
Mahkumlarning g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlarini to‘xtatish, shuningdek o‘ziga o‘zi zarar
yetkazishining oldini olish maqsadida ularga nisbatan maxsus vositalar ishlatilishi mumkin.
Maxsus vositalar
jumlasiga rezina tayoqlar, qo‘lkishanlar yoki boshqacha bog‘lash
vositalari, xizmat itlari, ko‘zdan yosh chiqaruvchi moddalar, chalg‘itma ta’sir ko‘rsatuvchi nur-
tovush
moslamalari, to‘siq-g‘ovlarni bartaraf etuvchi vositalar, suv bilan zarba beruvchi va zirhli
mashinalar, inshootlarni ochish, transportni majburiy to‘xtatish moslamalari hamda qonunda nazarda
tutilgan boshqa vositalar kiradi.
Maxsus vositalar quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
mahkumlarning muassasa ma’muriyati
vakillariga, boshqa mahkumlarga va o‘zga
shaxslarga hujumini daf etish chog‘ida;
mahkumlar tomonidan sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni, jamoat tartibini guruh bo‘lib
buzishlarni to‘xtatish, muassasa ma’muriyatiga ashaddiy bo‘ysunmayotgan yoki qarshilik
ko‘rsatayotgan huquqbuzarlarni ushlash chog‘ida;
garovga olinganlarni, mahkumlar
egallab olgan binolarni, inshootlarni, xonalarni va
transport vositalarini ozod qilish chog‘ida;
mahkumlarni qo‘riqlab borish va qo‘riqlab turish chog‘ida —
qochishning oldini olish
uchun;
jazoni ijro etish muassasasidan qochgan mahkumlarni ushlash chog‘ida.
Maxsus vositalar qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qo‘llanilishi mumkin.
Maxsus vositalar turlari, ularni ishlatish intensivligi yuzaga kelgan vaziyat, huquqbuzarlik
xususiyati va huquqbuzarning shaxsini inobatga olgan holda belgilanadi. Maxsus vositalarni qo‘llash
mahkumlarga va boshqa shaxslarga mumkin qadar kam zarar keltirishi lozim.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan
shaxslarga hamda yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan
voyaga yetmagan shaxslarga
nisbatan maxsus vositalar ishlatish taqiqlanadi, ular tomonidan qurolli qarshilik ko‘rsatilgan yoki
fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilingan hollar bundan mustasno.
Oldingi
tahrirga qarang.
Maxsus vositalarni qo‘llash natijasida mahkumlar va boshqa shaxslar hayoti va sog‘lig‘iga
zarar yetkazilgan har bir hodisa haqida darhol prokurorga xabar qilinadi.
(71-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
119 — 124-bandlari
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.).