(76-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-martdagi O‘RQ-825-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Mahkumlarga yaqin qarindoshlari (er, xotin, ota-onalar, bolalar, o‘g‘il (qiz)
qilib olgan
shaxslar, o‘g‘il (qiz) qilib olingan shaxslar,
aka-ukalar, opa-singillar, buvalar, buvilar, nevaralar)
bilan uzoq muddatli uchrashuv muassasa hududida yoki, ushbu Kodeksning
114
va
130-moddalarida
nazarda
tutilgan hollarda, muassasa hududidan tashqarida ular bilan birga yashash huquqi bilan
beriladi.
(76-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Uzoq muddatli uchrashuv muddati quyidagicha belgilanadi: muassasa hududida — bir
sutkadan uch sutkagacha, muassasa hududidan tashqarida esa — uch sutkadan besh sutkagacha.
Qisqa muddatli va uzoq muddatli uchrashuv miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib
turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Yuqumli kasalliklarga chalingan va statsionar davolanishda bo‘lgan mahkumlarga
uchrashuvlar shifokor ruxsati bilan beriladi.
(76-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)
Uchrashuv uchun berilgan vaqt mobaynida mahkumlar ishdan ozod etib qo‘yiladi, ana shu
kunlar uchun ularga ish haqi yozilmaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Mahkumning iltimosiga ko‘ra uzoq muddatli uchrashuv qisqa muddatli uchrashuvga yoki
masofali video-uchrashuvga yoxud telefon orqali so‘zlashuvga, qisqa
muddatli uchrashuv esa
masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali so‘zlashuvga almashtiriladi.
(76-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-iyundagi O‘RQ-625-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 03/20/625/1007-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
77-moddasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Mahkumlar uchun masofali video-uchrashuvlar jazoni ijro
etish muassasasi va organi
tomonidan tashkil etiladi. Masofali video-uchrashuv himoyalangan aloqa kanallari orqali
videokonferensiya tizimi vositasida amalga oshiriladi.
(76-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-iyundagi O‘RQ-625-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 03/20/625/1007-son)
Uchrashuvlarni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan
belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
242 — 271-bandlari
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.), O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligining 2017-yil 29-dekabrdagi 72,
190-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish
muassasalarida uzoq muddatli uchrashuvlarga xonalar taqdim etganlik uchun
tariflar
” (ro‘yxat raqami
2964).
Dostları ilə paylaş: