79-modda. Mahkumlarning yozishmalari Oldingi tahrirga qarang. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar cheklanmagan miqdorda xat va
telegrammalar olishlari hamda jo‘natishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang. Mahkumlarning xatlari va boshqa jo‘natmalari senzuradan o‘tkaziladi, jazoni manzil-
koloniyalarda o‘tayotgan shaxslarning xatlari va boshqa jo‘natmalari bundan mustasno.
(79-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) Mahkumlarga xatlarni topshirish va ularning xatlarini ko‘rsatilgan manzilga jo‘natish
muassasa ma’muriyati tomonidan xat kelib tushgan yoki jo‘natish uchun topshirilgan kundan boshlab
uch kunlik muddat ichida amalga oshiriladi. Telegrammalar egalariga darhol topshiriladi va
jo‘natiladi.
Xatlar va boshqa jo‘natmalar olish hamda yuborish, shuningdek ularni senzuradan o‘tkazish
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 228 – 234-bandlari (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013- y.). Oldingi tahrirga qarang. Mahkumlarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining
(ombudsmanning) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik
subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning nomiga
yuborilgan murojaatlari muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘zdan kechirilishi mumkin emas hamda
yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay tegishli vakilga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning javobi ko‘zdan kechirilishi mumkin emas hamda
arizachiga darhol yetkazib beriladi.
(79-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar o‘rtasida xat yozishmalari
faqat o‘zaro qarindoshlar o‘rtasida va muassasa ma’muriyatining ruxsati bilan amalga oshirilishi
mumkin.
Oldingi tahrirga qarang. Prokuror yoki sud nomiga yo‘llangan taklif, ariza va shikoyatlar ko‘zdan kechirilmaydi
hamda bir sutkalik muddat ichida tegishliligi bo‘yicha jo‘natiladi. Xavfsizlik choralarini qo‘llash
haqidagi yoki ularni qo‘llashni rad etish to‘g‘risidagi qarorlar ustidan shikoyatlar tegishliligi bo‘yicha
darhol jo‘natiladi.
(79-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-iyundagi O‘RQ-625- sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 03/20/625/1007-son) Oldingi tahrirga qarang.