Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Jazoni ijro etish muassasalarida alohida holat joriy etish



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   110
25.04.1997 (1)

74-modda. Jazoni ijro etish muassasalarida alohida holat joriy etish 
Tabiiy ofat ro‘y bergan, jazoni ijro etish muassasasi joylashgan erda favqulodda yoki harbiy 
holat joriy etilgan taqdirda, urush davri mobaynida, mahkumlar tomonidan guruh bo‘lib 
bo‘ysunmaslik, shuningdek ommaviy tartibsizlik sodir etilganda muassasalarda alohida holat joriy 
etilishi mumkin. 
Alohida holat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda o‘ttiz sutkagacha bo‘lgan muddatga joriy etiladi. 
Alohida holatning amal qilish vaqti alohida hollarda qo‘shimcha ravishda yana o‘ttiz sutkagacha 
uzaytirilishi mumkin. 
Alohida holat amal qilib turgan davrda muassasalarda qo‘riqlash va nazoratning 
kuchaytirilgan turi, obyektlarga kirishning alohida tartibi joriy etiladi, kun tartibi o‘zgartirilishi, ayrim 


xizmatlarning faoliyati cheklanishi mumkin. Ayni vaqtda mahkumlarning ayrim huquqlari 
cheklanishiga yo‘l qo‘yiladi. 
75-modda. Mahkumlarning oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib 
olishi 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar o‘z shaxsiy hisobvarag‘idagi pul 
hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olishlari 
mumkin. 
Sarflashga ruxsat etiladigan pul miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda 
mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mahkumlar yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazilganda, mehnat normasi va mehnat 
vazifalarini bajarganda, shuningdek bayram kunlari rag‘batlantirish tarzida, mahkumlarga mehnatga 
haq to‘lash eng kam miqdorining 3,6 foizigacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha pul sarflashga ruxsat 
etiladi. 
(75-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Bir oy davomida sarflashga ruxsat etilgan pulning umumiy summasi quyidagi miqdorlardan 
oshmasligi kerak:
umumiy tartibli koloniyalarda — belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 
1,06 baravaridan;
qattiq tartibli koloniyalarda — belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 87,9 
foizidan;
maxsus tartibli koloniyalarda — belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 
70,3 foizidan;
turmalarda — belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 52,7 foizidan;
Oldingi
 tahrirga qarang. 
tarbiya koloniyalarida, ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida, shuningdek mahkum 
birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar hamda jazoni ijro etish 
muassasalaridagi bolalar uylarida bolalari bo‘lgan ayollar uchun — belgilangan mehnatga haq to‘lash 
eng kam miqdorining 120 foizidan.
(75-moddaning to‘rtinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-
maydagi O‘RQ-770-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 
03/22/770/0424-son) 
Ushbu moddaning 
to‘rtinchi qismida
belgilangan miqdordan ortiqcha pulga mahkumlar 
tibbiy xulosa asosida qo‘shimcha ravishda oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek kiyim va poyabzal 
sotib olish huquqiga ega. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Muassasa boshlig‘i yangi kelgan mahkumga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar 
sotib olish uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 17,6 foizigacha, manzil-
koloniyalarda esa 35,2 foizigacha bo‘lgan summada avans berishga haqli. 
(75-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin