Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Mahkumlarning posilkalar, yo‘qlovlar, banderollar va pul jo‘natmalari



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   110
25.04.1997 (1)

78-modda. Mahkumlarning posilkalar, yo‘qlovlar, banderollar va pul jo‘natmalari 
olishi va yuborishi 
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jazoni ijro etish muassasasiga yetib 
kelgan kundan boshlab posilka, yo‘qlov va banderol olishlari hamda jo‘natishlari mumkin. Posilka, 
yo‘qlov va banderollar ko‘zdan kechiriladi. 
Bitta posilka yoki banderolning og‘irligi pochta qoidalarida belgilab qo‘yilgan normadan, 
yo‘qlovning og‘irligi esa posilkaning belgilangan vaznidan oshib ketishi mumkin emas. 
Olinadigan posilka, yo‘qlov va banderollarning miqdori jazoni ijro etish muassasasining 
tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Hukm qilingan homilador ayollarning va jazoni ijro etish muassasasidagi bolalar uyida 
bolalari bo‘lgan ayollarning, shuningdek vrach xulosasiga ko‘ra davolanish va kuchli taomga muhtoj 
deb e’tirof etilgan bemorlarning, birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning tibbiy 
xulosada belgilanadigan miqdorda va xillarda qo‘shimcha posilkalar, yo‘qlovlar va banderollar 
olishiga ruxsat etiladi.
(78-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) 
Mahkumlar cheklanmagan miqdorda pul jo‘natmalari olishlari va yuborishlari mumkin. Pul 
jo‘natmalari mahkumning shaxsiy hisobvarag‘iga kelib tushadi. Mahkumlar o‘zlariga yaqin 
qarindosh bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek korxona, muassasa va tashkilotlarga faqat jazoni ijro 
etish muassasasi ma’muriyatining ruxsati bilan pul jo‘natmalari yuborishlari mumkin. 
Mahkumlarning posilkalar, yo‘qlovlar, banderollar va pul jo‘natmalarini olishi hamda 
yuborishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 


Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
204 – 227-bandlari 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.). 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin