psixologik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishi faqat ularning roziligi bilan
amalga oshiriladi;
Oldingi
tahrirga qarang.
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq xavfsiz mehnat sharoitiga ega bo‘lish, dam
olish, ta’tilga chiqish, shuningdek mehnatiga haq to‘lanishi;
(9-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
ijtimoiy ta’minot, shu jumladan qonunchilikka muvofiq pensiya olish.
(9-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
96-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya
ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining
62-moddasi
.
Mahkum ajnabiy fuqarolar shuningdek o‘z davlatlarining diplomatiya vakolatxonalari va
konsullik muassasalari bilan, O‘zbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik muassasalari
bo‘lmagan mamlakatlarning fuqarolari esa, ularning manfaatlarini himoya qilishni o‘z zimmasiga
olgan davlatning diplomatiya vakolatxonalari bilan aloqa qilib turish huquqiga ega.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun
ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqiga
ega.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli
Qonuniga
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y.,
03/19/563/3685-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Mahkumlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarish tartibi ushbu Kodeks, boshqa qonunchilik
bilan belgilanadi.
(9-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib
qoidalari
” (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: