Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Yuridik yordam olish huquqini ta’minlash



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
25.04.1997 (1)

10-modda. Yuridik yordam olish huquqini ta’minlash 
Mahkumlar advokatlardan malakali yuridik yordam olish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi 
Qonuni

Yuridik yordam olish uchun advokatlar bilan xoli uchrashuvlar mahkumlarga ularning 
arizasiga yoki advokatning iltimosnomasiga ko‘ra beriladi.
Advokat bilan uchrashuvni mahkumning o‘zi rad etganligi sababli advokatning mahkum 
yuridik yordam olishi uchun u bilan uchrashuv berilishi to‘g‘risidagi iltimosnomasini qanoatlantirish 
rad etilganligi advokat mahkum bilan xoli suhbatlashganidan keyin tasdiqlanishi kerak, bu haqda 


bayonnoma tuzilib, u mahkum, advokat va jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining vakili 
tomonidan imzolanadi.
Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlari ushbu Kodeksda belgilangan uchrashuvlar 
soni hisobiga kirmaydi, bunday uchrashuvlar soni va muddati cheklanmaydi.
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 
76-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura to‘g‘risida”gi 
Qonuni 6-moddasi birinchi qismining 
to‘qqizinchi xatboshisi

Yuridik yordam ko‘rsatilayotganda advokat quyidagi huquqlarga ega:
jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining, prokurorning, sudning harakatlari va qarorlari 
ustidan shikoyat berish;
jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatidan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa 
hujjatlarni so‘rab olish.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mahkumlarning advokatlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish tartibi qonunchilik bilan 
belgilanadi.
(10-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari” XI bobining 
2 paragrafi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.). 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin