Oldingi
tahrirga qarang.
6-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligining prinsiplari
Jinoyat-ijroiya qonunchiligi qonuniylik, adolat, insonparvarlik, demokratizm, jazoni ijro
etishda differensiatsiya va individuallashtirishga rioya etish, majburlov vositalarini oqilona qo‘llash
va mahkumlarning qonunga itoatkor xulq-atvorini rag‘batlantirish prinsiplariga asoslanadi.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Mahkumni axloqan tuzatish. Axloqan tuzatishning asosiy vositalari
Mahkumni axloqan tuzatish — unda qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, jamiyatga,
mehnatga, jamiyat turmushi qoidalari va an’analariga hurmat munosabatini shakllantirishdan iborat.
Mahkumni axloqan tuzatishning asosiy vositalariga jazoni ijro etish va o‘tashning
belgilangan tartibi (rejimi), ijtimoiy-foydali mehnat, tarbiyaviy ish, umumiy va hunar ta’limi, kasb
tayyorgarligi va jamoat ta’siri kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
19 — 162-moddalari
.
Axloqan tuzatish vositalari jazo turini, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy
xavflilik darajasini, shuningdek mahkumning shaxsi va xulq-atvorini inobatga olgan holda
qo‘llaniladi
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
15
,
42 — 52
,
81 — 86-moddalari
.
Dostları ilə paylaş: