Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETIShGA HUKM QILINGAN ShAXSLARGA



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   110
25.04.1997 (1)

14-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETIShGA HUKM QILINGAN ShAXSLARGA 
TARBIYAVIY TA’SIR KO‘RSATISh 
97-modda. Mahkumlar bilan tarbiyaviy ish olib borish 
Tarbiyaviy ish ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni axloqan tuzatishning 
asosiy vositalaridan biri bo‘lib, mahkumlarda qonun talablariga va jamiyatda qabul qilingan xulq-
atvor qoidalariga rioya etishga, shuningdek bilim va madaniy saviyasini oshirishga intilishni 
shakllantirishga qaratilgan. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
394-bandi
 (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Jazoni ijro etish muassasalarida ma’naviy, huquqiy, jismoniy va boshqa tarbiya olib boriladi. 


 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
395-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Tarbiyaviy ish yakka tartibda, guruh bilan va ommaviy shaklda olib boriladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
396-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Tarbiyaviy ish differensiatsiya asosida, muassasa turini, jazo muddatini va saqlash sharoitini, 
shuningdek mahkum shaxsining xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
397

398-bandlari 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.). 
Mahkumlar bilan tarbiyaviy ish olib borishda matbuot, radio, televideniye, kinofilmlardan, 
kutubxona va boshqa vositalardan foydalaniladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
399-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Tarbiyaviy ishlar bosqichma-bosqich ravishda quyidagicha amalga oshiriladi:
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs jazoni ijro etish muassasasiga kelgan 
vaqtda uning psixologik qiyofasini, tuzalish yo‘liga o‘tishga moyilligini aniqlagan holda uni dastlabki 
tarzda o‘rganish;
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ongini o‘zgartirish bo‘yicha 
tadbirlar o‘tkazish, ularda sodir etgan jinoyatidan pushaymon bo‘lish hissini uyg‘otish;
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning talab mavjud bo‘lgan kasblar va 
mutaxassisliklarga oid kasbiy ta’limini tashkil etish, o‘qishni tugallaganidan so‘ng tegishli hujjat 
berish hamda ularni keyinchalik ishga joylashtirish. 
(97-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-martdagi O‘RQ-530-sonli 
Qonuniga 
asosan 
oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2019-y., 
03/19/530/2769-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin