Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Mahkumlarning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va kasb tayyorgarligi



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   110
25.04.1997 (1)

101-modda. Mahkumlarning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va kasb tayyorgarligi 
Jazoni ijro etish muassasalarida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beriladi va (yoki) 
mahkumlar ishlab chiqarishda kasbga o‘rgatiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mahkumlarga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi berish va ularni kasbga o‘rgatish 
qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(101-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
422

423-bandlari
 (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.). 
16-BOB. OZODLIKDAN MAHRUM ETIShGA HUKM QILINGAN ShAXSLARGA 
NISBATAN QO‘LLANILADIGAN RAG‘BATLANTIRISh VA INTIZOMIY JAZO 
ChORALARI 
102-modda. Rag‘batlantirish choralari 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeks 97
1
-moddasining 
birinchi 
qismida
 nazarda tutilgan mezonlar asosida rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi. 
(102-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi O‘RQ-817-
sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son) 
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan quyidagi rag‘batlantirish choralari 
qo‘llaniladi:
tashakkur e’lon qilish;
ilgari qo‘llanilgan intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash;
yorliq, qimmatli sovg‘a yoki pul mukofoti bilan taqdirlash;
qo‘shimcha posilka, yo‘qlov yoki banderol olishga ruxsat etish;
qo‘shimcha uchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashuv huquqini berish;
oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun pul summasini ko‘paytirish;
yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazish, manzil-koloniyalarda saqlanayotgan shaxslar 
bundan mustasno.
Yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazish tariqasidagi rag‘batlantirish mahkumlarga 
ushbu Kodeks 75-moddasining 
uchinchi qismiga 
muvofiq qo‘shimcha pul sarflash huquqini, 
shuningdek:
umumiy, qattiq tartibli koloniyalarda va tarbiya koloniyalarida ― yil mobaynida qo‘shimcha 
ravishda bir marta uchrashuv, bir marta telefon orqali so‘zlashuv, bitta posilka yoki yo‘qlov olish;
maxsus tartibli koloniyalarda ― kameralardan umumiy turar joylarga o‘tkazish hamda yil 
mobaynida qo‘shimcha ravishda bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bir marta telefon orqali 
so‘zlashuv, bitta banderol olish;
turmalarda ― yil mobaynida qo‘shimcha ravishda bir marta qisqa muddatli uchrashuv, bitta 
posilka yoki yo‘qlov olish huquqini beradi. 
(102-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-iyundagi O‘RQ-625-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 03/20/625/1007-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
50

424

435-bandlari
(ro‘yxat raqami 2495, 
29.07.2013-y.). 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin