104-modda. Mahkumlarning saqlash sharoitini o‘zgartirish bilan bog‘liq rag‘batlantirish choralarini qo‘llash tartibi Oldingi tahrirga qarang. Yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga intizomiy jazosi yo‘q mahkumlar:
qasddan sodir etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining
kamida olti oyini o‘taganidan keyin;
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 15-moddasining uchinchi qismi . sodir etilgan og‘ir jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida chorak qismini
o‘taganidan keyin;
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 15-moddasining to‘rtinchi qismi . sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyat uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir
qismini o‘taganidan keyin o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 15-moddasining beshinchi qismi , “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 431-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). (104-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) Oldingi tahrirga qarang. (104-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) Mahkumlar turmadan jazoni ijro etish koloniyasiga va maxsus tartibli koloniyadan qattiq
tartibli koloniyaga sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini o‘taganlaridan keyin, Jinoyat-
protsessual kodeksining
537-moddasida
nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 432-bandi (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). Mahkumlar qattiq va umumiy tartibli koloniyadan manzil-koloniyaga ushbu Kodeks 113-
moddasining
birinchi
va
ikkinchi qismlarida
nazarda tutilgan hollarda va tartibda o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 433 , 434 , 467 — 469-bandlari (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).