Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Intizomiy jazo ustidan shikoyat berish



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   110
25.04.1997 (1)

107-modda. Intizomiy jazo ustidan shikoyat berish 
Mahkum o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo ustidan xohishiga ko‘ra yuqori turuvchi 
mansabdor shaxsga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilishga haqli. Shikoyat berilishi intizomiy jazo 
ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi. Yuqori mansabdor shaxs, prokuror yoki sud intizomiy jazoni yumshatish 
yoki bekor qilish huquqiga ega. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
443-bandi
 (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
108-modda. Intizomiy jazoning amal qilish muddati 
Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab bir yildan 
oshmasligi kerak. 
Agar intizomiy jazo qo‘llanilgan kundan boshlab bir yil mobaynida mahkum yangi intizomiy 
jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
444-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
109-modda. Mahkumlarni intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yish tariqasidagi jazoni 
qo‘llash xususiyatlari 
Jazoni ijro etish muassasalarining intizomiy bo‘linmalariga quyidagilar kiradi: 
manzil-koloniyalar va tarbiya koloniyalarining hibsxonalari; 
umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarning hibsxonalari va karserlari; 
tergov hibsxonalarining va turmalarning karserlari. 
 LexUZ sharhi 


Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
445-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Mahkumlar hibsxonalar va karserlarga o‘n besh sutkagacha, tarbiya koloniyalarining 
hibsxonalariga esa, o‘n sutkagacha bo‘lgan muddatga kiritib qo‘yiladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
446-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Jazoni o‘tash tartibini ashaddiy buzuvchi mahkumlar umumiy, qattiq va maxsus tartibli 
koloniyalarning karserlariga olti oygacha, ayollar saqlanadigan koloniyalarda esa — uch oygacha 
bo‘lgan muddatga o‘tkazib qo‘yiladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
 447-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Hibsxonalarga kiritib qo‘yilgan mahkumlarga uchrashuv, telefon orqali so‘zlashuv, oziq-
ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, posilka, yo‘qlov va banderollar olish hamda 
jo‘natish, xatlar va boshqa jo‘natmalar yuborish taqiqlanadi. Ularga chekish, stolda o‘ynaladigan 
o‘yinlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Mahkumlar har kuni muddati bir yarim soatlik sayrdan 
foydalanish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
448-449-bandlari 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.). 
(109-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son 
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) 
Karserlarda mahkumlarga uchrashuv, telefon orqali so‘zlashuv, posilka, yo‘qlov va 
banderollar olish hamda jo‘natish, stolda o‘ynaladigan o‘yinlardan foydalanish taqiqlanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
451-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarning karserlariga o‘tkazilgan mahkumlar 
quyidagi huquqlarga ega: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun belgilangan mehnatga haq 
to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizigacha pul sarflash; 
(109-modda oltinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-
dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 
03/19/586/4106-son) 
har kuni muddati ikki soatlik sayrdan foydalanish.
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
454-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
(109-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son 
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) 


Maxsus tartibli koloniyalarning, tergov hibsxonalari va turmalarning karserlarida 
mahkumlarni yakka saqlash belgilanadi.
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
455-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Mahkumlarni intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yish va o‘tkazish muassasa boshlig‘ining jazo 
muddati ko‘rsatilgan qarori asosida hamda tibbiy ruxsatnoma bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
457 — 461-bandlari 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.). 
Mahkumlar intizomiy bo‘linmalardan davolash-profilaktika muassasalariga o‘tkazilgan 
taqdirda ular davolash-profilaktika muassasalarida bo‘lgan vaqt jazoni o‘tash muddatiga qo‘shib 
hisoblanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
462-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Intizomiy bo‘linmalarga: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar; 
(109-moddaning o‘ninchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-
maydagi O‘RQ-770-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 
03/22/770/0424-son) 
homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ishdan ozod etilgan, shuningdek yonida emizikli bolasi bor 
ayollar kiritilmaydi.
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
463-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Intizomiy bo‘linmalarda saqlanayotgan mahkumlar mehnatga jalb etilmaydi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
450 – 453

456

464 — 466 -bandlari 
(ro‘yxat raqami 
2495, 29.07.2013-y.). 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin