LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
440-bandi
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Oldingi
tahrirga qarang.
Huquqbuzarlik
sodir etilgan holat, mahkumning xulq-atvori
va shaxsiy xislatlari,
uning
xulq-atvoriga va qoidabuzarlik yoki qilmish sodir etishga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan, intizomiy
choralar qo‘llash uchun sabab bo‘lgan ruhiy holati
buzilishining mavjudligi,
shuningdek olib
tashlanmagan va bekor bo‘lmagan intizomiy jazolari bor-yo‘qligi intizomiy jazoni qo‘llash chog‘ida
inobatga olinadi.
(106-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-martdagi O‘RQ-530-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2019-y., 03/19/530/2769-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
441-bandi
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Intizomiy jazo darhol ijro etiladi. Agar intizomiy jazo qo‘llanilgan kundan boshlab bir oy
ichida ijro etilmagan bo‘lsa, u ijroga qaratilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
442
,
467 — 469 -bandlari
(ro‘yxat raqami 2495,
29.07.2013-y.).
Dostları ilə paylaş: