Mahkumni rag‘batlantirish uchun tavsiya etish, zarur hujjatlarni tayyorlash va komissiya
a’zolariga taqdim etish otryad boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya majlisi ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddatlardan bir hafta
ilgari o‘tkaziladi.
Komissiya a’zolari rag‘batlantirish uchun tavsiya etilgan mahkum bilan uning xulq-atvori
belgilangan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan suhbat o‘tkazadi.
Komissiya qarori majlisda ishtirok etayotgan a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan, ochiq ovoz
berish orqali qabul qilinadi. Ovozlar soni teng bo‘lgan taqdirda, mahkumni rag‘batlantirish to‘g‘risida
qaror qabul qilinadi.
Komissiya qarori majlisda hozir bo‘lgan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadigan
bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiyaning mahkumga nisbatan rag‘batlantirish chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni
o‘z ichiga olgan bayonnomasiga muvofiq jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘ining buyrug‘i uch ish
kuni ichida chiqariladi va uning mazmuni mahkumga e’lon qilinadi.
Komissiyani tuzish va faoliyatini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(102
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-iyundagi O‘RQ-625-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 03/20/625/1007-son)
Dostları ilə paylaş: