Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Mahkuma ayollarning muassasa doirasidan tashqarida yashashi



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   110
25.04.1997 (1)

131-modda. Mahkuma ayollarning muassasa doirasidan tashqarida yashashi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Tuzalish yo‘liga o‘tgan mahkuma ayollarga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ishdan ozod 
etilgan vaqt mobaynida, shuningdek bolasi uch yoshga to‘lgunga qadar muassasa boshlig‘ining 
prokuror tasdiqlagan qarori bilan koloniya hududidan tashqarida yashashga ruxsat etilishi mumkin. 
(131-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi O‘RQ-817-
sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son) 
 LexUZ sharhi 


Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
299

300

301-bandlari 
(ro‘yxat raqami 2495, 
29.07.2013-y.).
Muassasa hududidan tashqarida yashash huquqi Jinoyat kodeksi 73-moddasining 
to‘rtinchi 
qismida 
ko‘rsatilgan mahkumlarga berilmaydi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
 302-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Koloniya hududi doirasidan tashqarida yashaydigan mahkumalar: 
xona tipidagi turar joylarda joylashadilar va muassasa ma’muriyatining nazorati ostida 
bo‘ladilar; 
ertalab o‘rindan turishdan kechki yotishgacha bo‘lgan vaqt mobaynida belgilangan 
yo‘nalishlar doirasida erkin yurish huquqidan foydalanadilar; 
fuqarolar kiyadigan kiyimda yurishlari, yonlarida pul va qimmatli buyumlar saqlashlari, 
puldan cheklanmagan holda foydalanishlari mumkin; 
cheklanmagan miqdorda banderol, posilka va yo‘qlovlar olish hamda jo‘natish, qisqa 
muddatli uchrashuvlar olish huquqiga ega. Qisqa muddatli uchrashuvlar, odatda, ishdan bo‘sh vaqtda 
beriladi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
303-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Muassasa hududi doirasidan tashqarida yashash huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi: 
jazoni o‘tash tartibi muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol tarzda buzilganda; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 
111-moddasi

homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ishdan ozod qilish davri tugaganda; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 
233

234-moddalari

bola uch yoshga to‘lganda. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
304

305-bandlari 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.).

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin